Özbekiston ösmirlar jamoasi Indoneziyada ötayotgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionati 3-turi doirasida Ispaniyaga qarşi maydonga tuşdi.
Surakarta şahridagi «Manahan» stadionida keçgan uçraşuvda yevropaliklar 10 va 19-daqiqadagi gollar evaziga tanaffusga işonçli ğalaba bilan çiqişga yaqin edilar. Ammo raqib darvozabonining qöpol xatosidan keyin Behruz Şukurullayev 45+4-daqiqada hisobni qisqartirdi – 1:2.
55-daqiqada esa Amirbek Saidov yakkama-yakka vaziyatga çiqib, öyinda kambekni amalga oşirdi – 2:2. Ispanlarga qarşi durang natija öyin yakunigaça özgarmadi.
Şu tariqa, Ispaniya 7 oçko bilan 1-örinni egallab, keyingi bosqiçga yöllanma oldi. Parallel öyinda esa Mali Kanadani yirik 5:1 hisobida mağlub etib, 6 oçko bilan 2-örinda qoldi. Özbekiston esa 4 oçko bilan 3-örinni egallagan holda pley-off masalasini deyarli hal etdi. Jamoliddin Rahmatullayev şogirdlari ayni damda eng yaxşi natijaga ega 3-örinlardagi 4 jamoa safida peşqadam bölib turibdi.

U-17 jahon çempionati. «B» guruhi. 3-tur
Özbekiston – Ispaniya – 2:2 (0:2)
Gollar: Behruz Şukurullayev 45+4, Amirbek Saidov 55 – Igor Oyono 10, Roberto Martin 19.
Özbekiston U17: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 4.Behruzjon Karimov (18.Jasur Hikmatullayev, 56) 5.Aziz Tölqinbekov, 7.Lazizbek Mirzayev, 8.Behruz Şukurullayev, 9.Amirbek Saidov (14.Şodiyor Şodiboyev, 86) 13.Behruz Jumatov, 16.Muhammadali Reimov, 17.Ollobergan Karimov (3.Yahyo Örinboyev, 86), 19.Şerzod Abdulboriyev, 20.Dilşod Abdullayev.
Ispaniya U17: 1.Raul Ximenes, 4.Yon Martin, 7.Pablo Lopes (19.Daniel Yanez, 64) 8.Roberto Martin, 11.Peio Xuyestamendia (20.Yago Paulo, 75) 12.Igor Oyono (9.Mark Guiu, 80) 14.Izan Merino, 15.Andres Kuyenka, 16.Mark Bernal (8.Pau Prim, 65), 17.Oskar Mesa, 18.Kuim Junyyent (10.Xuan Ernandes, 65).
V guruhi. Yakuniy jadval:













