Özbekiston ekologiyasi tobora qonab borayotgan jarohatga öxşaydi. Qonni töxtatiş uçun birinçi yordam faqat va faqat daraxtlarni köpaytiriş böladi. Şuning uçun ham “Yaşil makon” loyihasi Özbekistonga kerak. 2 yil oldin boşlangan bu taşabbus doirasida yiliga 200 million köçat ekiş reja qilingandi. Çindan ham ötgan 2 yilda 400 million köçat ekilgan bölsa, Özbekistonda sezilarli yaşillik boşlangan bölar edi. Biroq bunday bölmaganini ortiqça statistikalarsiz ham aytiş qiyin emas. Qolaversa, ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov respublika böyiça 2 million köçat yolğondan hisobotga yozilgani va 7 milliondan köpi suğorilmaydigan joyga ekilganini aytgandi. Real raqamlar esa bundan ham kattaroq bölişi mumkin.
Tegişli hujjatga köra, 2023 yilning mayidan boşlab “Yaşil makon” loyihasi nazorati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi böyniga yuklangan. Boşlangan yaxşi taşabbuslar quyi organlarda çölga tuşgan tomçidek singib ketiş an’anasini buziş uçun vazirlik nima qilişi kerak?
Mas’ullar bu loyiha çinakamiga yurib ketişini, Özbekiston haqiqatan ham yaşil makonga aylanişini xohlaşsa, bu yönalişda yaxşiroq nazorat mexanizmlarini işlab çiqişi kerak. Masalan, bitta umumiy platforma yaratib, unda “Yaşil makon” loyihasining quyidagiça real hisoboti kiritib borilişi lozim.
– ekilayotgan daraxtlarning moliyaviy manbasi, hududlar böyiça köçatlarga sarflangan pul;
– qaysi hududlarda qanday daraxt ekildi (tuproq, suv xususiyatidan kelib çiqib ekilgani böyiça ma’lumotlari bilan);
– şahar, tuman, mahallalar miqyosida neçtadan köçat ekildi (xaritada körsatilgan holda);
– köçatlarga qança suv berilyapti, qanday parvarişlandi;
– ekilgan daraxtlarning 2-3 oy, 1 yildan keyingi taqdiri nima böldi (foto, video hisobot joylaştirilişi);
Yuqoridagi ma’lumotlar juda mayda tuyulişi mumkin, lekin toza havodan nafas oliş, issiqqa bardoş berişning yagona yöli şu bölsa, har qança maydalaşsa ham arziydi.













