Prezident Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga taşrifi davomida «Indenim Textile» klasterining Termiz şahridagi töqimaçilik korxonasi faoliyati bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, korxona 2019 yil işga tuşirilgan bölib, uning umumiy qiymati 10 million dollardan ziyod. Yiliga 800 turdagi 9 million dona kiyim-keçak işlab çiqariş quvvati yaratilgan. Ularning bir qismi eksportga, asosiy qismi içki bozorga – «Indenim» dökonlariga yetkazib berilmoqda.

Davlat rahbari korxonadagi iş jarayonini, mahsulotlarni közdan keçirdi.
- Yurtimizda töqimaçilik xomaşyosi bor, mahsulotlar sifati ham yaxşilanib borayapti. Faqat bizda dizayn maktabi yöq. Hozir dunyoda uslublar tez özgarayapti. Kiyim korxonalarimiz raqobatbardoş bölişi uçun dizayn maktabini rivojlantiriş kerak, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bu borada kadrlar tayyorlaş sifatini oşiriş, mutaxassislarni Italiya kabi dizayn sohasi taraqqiy etgan mamlakatlarga tajriba uçun yuboriş böyiça körsatma berildi. Şuningdek, bozorni örganiş va prognozlaştiriş, bu borada tadbirkorlarga kömaklaşiş zarurligi ta’kidlandi.

Davlat rahbariga korxonaning istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot berildi. Kelgusida mato töqiş va böyaş, kiyim-keçak işlab çiqariş hajmi oşiriladi. Buning uçun umumiy 55 million dollar investitsiya yönaltiriladi. Natijada yana 10 mingta yangi iş örni yaratilişi kutilmoqda.
Şu bilan Şavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga taşrifi yakunlandi, davlat rahbari Toşkentga qaytib keldi.












