Zarautsoy darasidagi qoyatoş suratlari bundan 15 ming yil avval, miloddan avvalgi 12-7-ming yillarda toşlarga çizilgan. Dunyo miqyosida bunday tarixga ega suratlar juda noyob sanaladi. “Manzil” loyihasi bu gal tabiat va tarix uyğunlaşgan maskan – Surxon davlat qöriqxonasiga sayohat qildi.
Surxon davlat qöriqxonasi 1986 yilda taşkil topgan. Qöriqxona Köxitang toğining şarqiy yonbağirlarida joylaşgan bölib, maydoni 23802 gektarni taşkil qiladi. Surxon davlat qöriqxonasi dengiz sathidan 850 metrdan 3137 metrgaça balandlikdagi hududni öz içiga oladi. Eng yuqori nuqtasi Ayribobo çöqqisi bölib, uning balandligi – 3137 metr.
Qöriqxonada hozirgaça umurtqali hayvonlardan 26 tur sut emizuvçilar, 137 tur quşlar, 24 tur sudralib yuruvçilar, 2 tur suvda va quruqlikda yaşovçi, 5 tur baliqlar, jami 194 tur hayvonot dunyosi vakillari uçraşi aniqlangan. 25 tur hayvonot dunyosi vakillari Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Bular orasida morxör yoki burama şoxli eçki asosiy ahamiyatga ega hayvonlardandir.













