Suhbat davomida faylasuf Viktor Alimasov, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov va siyosatşunos Hamid Sodiq Isroil-Falastin uruşining adolatli yeçimi qanday bölişi borasida ham öz fikrlarini bildirdi.
— Bir oydan oşiqroq vaqt davomida yangi tölqinda davom etayotgan Isroil-Falastin uruşining adolatli yeçimi qanday böladi?
Olimjon Davlatov:
— Adolatli yeçim 1967 yilgi BMT rezolyutsiyalariga muvofiq tuzilgan çegaralarga qaytiş böladi.
Agar bugun Isroil Falastinni öziga qöşib olsa, u yerda etnik arablar köpçilikni taşkil qiladi, şuning uçun qarama-qarşilik yanada kuçayadi. Agar Isroil bugungi harakatlari orqali Falastin yerlarini olib qöyib, arablarni haydasa, bugungi holatlar dunyoning boşqa nuqtalariga ham köçadi. Ya’ni şunga öxşaş holatlarga andoza böladi bu. Yeçim — 1967 yilgi çegaralaş böyiça ikkita mustaqil davlat bölişi.
Viktor Alimasov:
— Otto fon Bismark aytadiki: «Barça uruşlar fojiali, ammo bu fojiani xalqlar öz aql-idroki bilan bartaraf etiş mumkin». Isroil va Falastinga ham aql-idrok kerak, şu yerda uruşni töxtatiş kerak. Ikki xalq dinlarida ham totuvlikka çaqiriqlar bor. Islom dinida «nizo uç kundir», deyiladi, yahudiylikda esa «duşmaningni ham sev», degan çaqiriq bor. Bu örinda ikki xalq öz dinidagi ana şu çaqiriqlarga amal qilişi kerak. Din yaraştiruvçi bölişi lozim. Şunga amal qilib, töxtatişlari kerak.
Bizning nazdimizda vaziyat juda çigallaşib ketgan, ammo buni yeçsa, yengillaştirsa böladi. Faqat bu ikkalasini bir-biriga yaqinlaştiruvçi kuç kerak. Umuminsoniy butunlikka intiliş ikki xalq uçun ham zarur ayni damda.
Hamid Sodiq:
— 1967 yilgi çegaralarga qaytmasligini barçamiz yaxşi bilamiz, lekin aytilişi kerak bölgan ritorika bu. Ammo bu muammoning yeçimi emas, ongostida buni bilamiz.
Ikkinçi jahon uruşidan katta talafot va yöqotişlar bilan çiqqan xalq yahudiylar edi. Şuning uçun BMTning birinçi missiyalaridan biri yahudiylarga davlat qilib beriş böldi. Lekin sionistik hukumat öziga faşizm kasalligini yuqtirgan ekan. Endi yahudiylar davlati butun dunyoda ularga nisbatan şakllangan tafakkur bilan hisoblaşişga majbur.








