Moskvaning Zamoskvoretsk sudi 21 noyabr, seşanba kuni «Novaya gazeta» sobiq boş muharriri Dmitriy Muratovning Rossiya Adliya vazirligiga «çet el agentlari» deb ataluvçi reyestrdan çiqarişni talab qilgan da’vosini rad etdi. Adliya vazirligi 2023 yil 1 sentabrda tinçlik böyiça Nobel mukofoti sovrindori Muratovni uşbu röyxatga kiritdi. Idora ma’lumotlariga köra, jurnalist «çet el agentlarining çeklanmagan miqdordagi xabarlari va materiallarini yaratiş hamda tarqatişda iştirok etgan, Rossiyaning taşqi va içki siyosatiga salbiy munosabatni şakllantirişga qaratilgan fikrlarni tarqatiş uçun xorijiy platformalardan foydalangan».

21 noyabr kuni bölib ötgan sud majlisida Rossiya Adliya vazirligi vakili Muratov «döst bölmagan mamlakatlar» – Latviya va Buyuk Britaniya OAVga intervyu berganini, bu «da’vogar tomonidan Rossiya haqida ijobiy yoki neytral materiallar va fikrlar tarqatilişini istisno qilişini» aytdi.

Muratov xorijdan moliyalaştirilganini rad etyapti 

Dmitriy Muratov çet eldan mablağ olmaganini va heç qaçon olmaganini aytdi. «Novaya gazeta» sobiq boş muharriri sözlariga köra, jurnalist işining mohiyati ma’lumot tarqatişdan iborat va «çet el agentlari» röyxati a’zolaridan iqtibos keltiriş qonun bilan taqiqlanmagan. Şuningdek, u Rossiya konstitutsiyasining 29-moddasi Rossiya hududida senzurani taqiqlaşini eslatdi. 

Rossiyada «çet el agenti» tuşunçasini muomalaga kiritiş töğrisidagi qonun 2010-yillarning boşida qabul qilingan. Birinçidan, u Adliya vazirligiga xorijdan mablağ oladigan va siyosiy faoliyat bilan şuğullanuvçi notijorat taşkilotlarni «çet el agenti» deb tan olişga ruxsat berdi. 2022 yil 1 dekabrdan boşlab qonun nafaqat xorijdan mablağ oladigan, balki çet eldan «qöllab-quvvatlayotgan» hamda «çet el ta’siri ostida» bölganlarni ham «çet el agenti» deb e’lon qilişga imkon yaratdi. Bugungi kunda Rossiyadagi «çet el agentlari»ning rasmiy röyxatida 600 ga yaqin turli şaxslar va taşkilotlar mavjud.