22 noyabrga ötar keçasi Isroil hukumati Ğazo sektorida gumanitar tanaffus va 7 oktyabr kuni HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod etiş böyiça kelişuv parametrlarini tasdiqladi. Kelişuv tuzilgani faktini Falastin harakati vakili ham rasmiy telegram-kanallardan biri orqali tasdiqlagan. Kelişuv doirasida HAMAS ayni vaqtda Isroil qamoqxonalarida saqlab turilgan 150 nafar falastinlik evaziga garovdagi 50 kişini ozod qiladi, Ğazoda esa tört kun muddatga öt oçişni töxtatiş rejimi joriy etiladi. «Meduza» uşbu kelişuvning asosiy tafsilotlarini keltirgan.

HAMAS 50 nafar isroillikni qaytaradi

HAMAS qöyib yuborayotgan 50 kişi faqat ayollar va bolalardan iborat böladi. Ular tört kun davomida bosqiçma-bosqiç ozod etiladi. Garovdagilarning 12–13 kişidan (boşqa manbaga köra, 10) iborat dastlabki guruhi 23 noyabr kuni ozod etilişi kutilmoqda.

AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken ozod etilişi kerak bölganlar orasida Amerika fuqarolari ham borligini aytgan. Reuters amerikalik yuqori martabali mulozimga asoslanib xabar berişiça, amerikaliklar soni uç kişi bölib, ular orasida uç yoşli qizça ham bor, uning ota-onasi Isroilga hujum vaqtida öldirilgan.

Ğazo içkarisida Qizil Xoç xalqaro qömitasi xodimlari vositaçi sifatida iş olib boradi, deb xabar bergan Reuters agentligiga Qatar taşqi işlar vaziri Muhammad Al-Xulayfiy. The Times of Israel naşri aniqlik kiritişiça, garovdagilar avvaliga Qizil Xoçga yetkaziladi, keyin esa isroillik harbiylar tomonidan qabul qilib olinadi. Şundan söng ular Isroildagi tibbiyot markazlaridan biriga olib boriladi, bu yerda ular oila a’zolari bilan körişişi mumkin.

Isroil mudofaa armiyasi ma’lumotlariga köra, 7 oktyabr kuni hamasçilar qölga olgan isroilliklar soni 240 kişidan oşadi. Ammo ularning barçasi ham HAMAS qölida emas. 9 noyabr kuni Falastinning «Islom jihodi» guruhi asirlikdagi ikki kişi — 12 yoşli Yagil Yaakov va 76 yoşli Xanna Katsir iştirokidagi videoni namoyiş etgandi. 21 noyabr kuni keçqurun «Islom jihodi» ozod etilişi rejalaştirilganlar qatorida bölgan Xanna Katsir vafot etganini ma’lum qildi. Guruh bayonotida aytilişiça, uning ölimiga Isroil hukumatining «sustkaşligi» sabab bölgan.

Garovdagilarni ozod etişni talab qilayotgan oila a’zolari Tel-Avivdagi namoyişda, 2023 yil 21 noyabr
Ariel Schalit / AP / Scanpix / LETA

Isroil 150 nafar falastinlikni qamoqxonadan ozod etadi