Toşkent şahridagi Börijar kanalida çömiliş vaqtida 13 yoşli Muhammad Ğayratning çökayotganini körgan Yakkasaroy tumani Içki işlar organlari FMB Post-patrul xizmati inspektori Rasul Jörayev bir lahza ham ikkilanmay özini suvga taşladi.

Inspektorning tezkor harakati natijasida bola suvdan soğ-salomat holda olib çiqildi va uning hayoti saqlab qolindi.

Qayd etilişiça, huquq-tartibot idorasi xodimining bu harakati inson hayotini asrab qoliş yölidagi yuksak mas’uliyat, jasorat va fidoyilik namunasi böldi.

Rasul Jörayevning mardligi va kasbiy burçga sadoqati yuksak e’tirofga loyiq ekani ta’kidlanmoqda.