Adliya vazirligida Avtomobil yöllarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta’mirlaşda laboratoriya sinovlarini amalga oşiriş töğrisidagi nizom davlat röyxatidan ötkazildi.

Hujjat avtomobil yöllarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta’mirlaş işlarining yöl qurilişiga oid me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi hamda sifatini laboratoriya sinovlari orqali baholaş tartibini belgilaydi.

Nizomga muvofiq, pudrat taşkiloti bajarilayotgan işlar sifati ustidan doimiy laboratoriya nazoratini ta’minlaşi şart. Agar pudratçining öz sinaş laboratoriyasi mavjud bölmasa, u şartnoma asosida boşqa laboratoriyani jalb qilişi mumkin.

Şu bilan birga, buyurtmaçi quriliş, rekonstruksiya yoki ta’mirlaş işlarining hajmi va sifati yöl qurilişi hujjatlariga muvofiqligini aniqlaş maqsadida mustaqil sinaş laboratoriyasini jalb etadi.

Buyurtmaçi tomonidan jalb qilinadigan laboratoriya albatta akkreditatsiyadan ötgan bölişi hamda uni tanlaş «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun talablari asosida amalga oşirilişi belgilangan.

Nizomga köra, buyurtmaçi pudrat taşkilotining öz laboratoriyasini yoki u tomonidan jalb etilgan laboratoriyani qabul qiliş jarayoniga jalb qilişiga yöl qöyilmaydi. Bu talab yöl qurilişi işlari sifatini mustaqil va xolis baholaşni ta’minlaşga qaratilgan.