O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi.
Haydar Aliyev nomidagi aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarboyjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
24 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev BMT Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPeKA) birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.











