Rossiyaning “MEI” Milliy tadqiqot universiteti” federal davlat budjeti oliygohi Toşkent filialining bitiruvçi talabalari boşqa joyga öqişni köçirişga majburlanayotgani aytilyapti. Filial rahbariyati Rossiyadan litsenziya ololmagani uçun bitiruvçilarni tarqatib yubormoqçi.




Bino bor, litsenziya yöq
2019 yilda Toşkentda “MEI” Milliy tadqiqot universiteti” federal davlat budjeti oliygohi filialini oçiş haqida qaror çiqadi. Unda filial 2019/2020 yildan talabalarni qabul qilişi kerakligi körsatilgan. Qarorda talabalar yangi bino bitguniça Toşkent davlat texnika universiteti binosida öqib turişi, yangi bino esa 2022 yil 1 yanvarigaça foydalanişga topşirilişi körsatilgan. Bino manzili Olmazor tumani Moyqörğon massivi, Yoğdu kuçasi 1 uy.
Kun.uzʼga murojaat qilgan talabalarning aytişiça, ular birinçi bosqiçdan, ya’ni 2020/2021 öquv yilidan beri TDTU binosida öqib kelişadi. Yangi bino tayyor bölganiga qaramay, u yerga filial köçib bormagan.
Diplomsiz qolayotgan talabalar
Filialning ilk bitiruvçilari 2022/2023 öquv yiliga töğri keladi. Lekin ularni filial bitiruvçisi deb bölmaydi, çunki bu talabalar 4-bosqiçdan boşlab boşqa oliygohlarga “perevod” qilinib, tarqatib yuborilgan. Şunday bitiruvçilardan biri Kun.uz bilan suhbatda ötgan yili qayerda öqişni bilmay sarson bölişgani, 4-kursda 100dan oşiq talaba boşqa oliygohlarda “perevod”ga majburlanganini aytdi. Öşanda talabalar filial uçun ajratilgan yangi bino oldiga borib, mas’ullar bilan uçraşişni sörab videomurojaat ham yöllaşgan.
2023/2024 yilgi bitiruvçilar bilan ham xuddi şu vaziyat takrorlanyapti. Bir guruh talabalar filial rahbariyatidan TDTUga yoki filialning Rossiyadagi boş binosiga “perevod” qilişga ixtiyoriy-majburiy taklif olişgan.













