Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida 1 mlrd so‘m talon-toroj qilindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida amalga oshirilgan qurilishlar davomida 1 mlrd 74 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Holat yuzasida qurilishni amalga oshirgan korxonalar hamda internatning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi, 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishining tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan.