Tashrif dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport, turizm hamda boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish oʻrin olgan.

Davlat rahbari mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ham koʻzdan kechiradi. Shuningdek, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishiga start berish koʻzda tutilgan.

Safar doirasida Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan yigʻilish ham oʻtkaziladi.