Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon şahrining Örikzor mahallasida taşkil etilgan gastronomik turizm köçasi bilan tanişdi.
Maşrab va Sarikuy köçalarini qamrab olgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 18 milliard söm bölib, şundan 8 milliard sömi respublika byudjeti, 10 milliard sömi tadbirkorlar mablaği hisobidan moliyalaştirildi.

Köçaning umumiy uzunligi 1,2 kilometrni taşkil etadi. Bu yerda piyodalar va velosipedlar uçun keng va xavfsiz yölaklar barpo etildi, zamonaviy landşaft dizayni yaratildi, favvoralar va turli yoritiş vositalari örnatildi. Selfi hududlari, oçiq sport maydonçalari, bolalar uçun ekomaydonçalar hamda oilaviy dam oliş maskanlari taşkil qilindi.

Hududdagi 35 ta savdo obyektida 30 ta tadbirkorlik subyekti 24/7 tartibda xizmat körsatadi. Loyiha doirasida 100 ta yangi iş örni yaratildi. Köça kuniga 10 mingdan ziyod aholi va sayyohni qabul qiliş imkoniyatiga ega.

Davlat rahbari köça böylab sayr davomida aholi va tadbirkorlar bilan samimiy muloqot qildi.












