28 noyabr kuni huquq organlari xodimlarining tasvirlarini ularni “obrösizlantiriş maqsadida” tarqatganlik uçun 15 sutka qamoq jazosi belgilaş haqidagi qonun loyihasi tösatdan paydo bölib, Qonunçilik palatasida bir kunda uç öqişdan ötib ketdi. Bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev bu haqdagi mulohazalari bilan örtoqlaşdi.

Içki işlar xodimlari iştirokida röy bergan va videosi tarqalgan ayrim şov-şuvli holatlar

Bugun deputatlar köp qonunlar qatorida yana bitta antiqa qonunni ham tasdiqlabdi.

Ya’ni içki işlar xodimlarini obrösizlantiriş maqsadida fuqarolar tomonidan foto yoki videotasvirga olib internet orqali tarqatilişi ma’muriy, hatto 15 sutkagaça qamoq bilan jazolanişga sabab bölişi haqidagi qonun uç öqişda tasdiqlanib ketibdi.

Bu nima degani?

Bu şu deganiki, ertaga birorta nopok, öz işiga noloyiq va qonunbuzar içki işlar xodimining videosi yoki suratini internetga joylasangiz, sizga jamoatçilik nazoratidagi faolligingiz, tizimni tozalaşdagi yordamingiz uçun rahmat aytişmaydi, balki aksinça 15 sutkagaça tiqib qöyişadi.

Aslida bunaqa alohida moddaga ehtiyoj bormi?

Yöq! Uşbu qonun normasiga heç qanday ehtiyoj yöq va bu ertaga faqat zarar keltiradi.

Hozirgi qonunlarimizda içki işlar xodimlarining qonuniy talablariga böysunmasdan qarşilik qilganlarga jazo bormi? Bor!

Içki işlar xodimini haqorat qilgani uçun (xoh hayotda, xoh internetda) jazo bormi? Bor!

Içki işlar xodimiga tuhmat qilib, uni obrösizlantirgani uçun jazo bormi? Bor!

Böldi-da, unda yana nima kerak sizlarga?

Özi amaliyotda eng köp soxta ayblov qöyiladigan moddalardan biri –