Kissinjyerning konsultatsiya firma hisoblanmiş Kissinger Associates ma’lumotiga köra, sobiq davlat kotibi Konnektikut ştatidagi uyida vafot etgan.

Genri Kissinjyer 1923 yil 27 may kuni Germaniyada yahudiylar oilasida tuğilgan. 1938 yilda oila ta’qiblardan qoçib AQŞga köçib ketadi. Kissinjyerning siyosiy faoliyati 1960-yillarda boşlangan.

Genri Kissinjyer 1969–1977 yillarda AQŞ prezidentlari Riçard Nikson va Jyerald Fordga milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçi va keyin Davlat kotibi sifatida SSSR va Xitoy bilan bilan munosabatlardagi keskinlikni yumşatiş siyosati arxitektorlaridan biri bölgandi.

«Çelnok diplomatiyasi» tuşunçasi (uçinçi davlat iştirokida mojarolarni hal qiliş) Kissinjyer nomi bilan boğliq bölib, u «Amerika taşqi siyosatining patriarxi» deb ham ataladi.

Kissinjyerning taşqi siyosatga bölgan qaraşlari ikki qudratli davlat, AQŞ va SSSR örtasidagi qarama-qarşilik yillarida şakllangan, realpolitik siyosat tarafdori bölgan – bu tösiqlarga çap berib, prinsiplarga zarar yetkaziş hisobiga bölsa ham imkoniyatlarni qidiriş siyosatidir.

Diplomat Falastin-Isroil mojarosini barqarorlaştirişda qatnaşgan va Isroil hamda arab mamlakatlari aloqalarini kengaytirişga yordam bergan, şuningdek 1973 yilda Viyetnam uruşi yakunlangani haqidagi Parij tinçlik kelişuvini imzolagan. Mazkur uruşni töxtatiş borasidagi sa’y-harakatlari uçun Kissinjyer öşa yili tinçlik uçun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Genri Kissinjyer (çapda oldingi planda), AQŞ prezidenti Jyerald Ford (Kissinjyerning ortida) va Amerika delegatsiyasining boşqa vakillari KPSS TsK boş kotibi Leonid Brejnev, SSSR taşqi işlar vaziri Andrey Gromiko va AQŞdagi elçi Anatoliy Dobrinin bilan sovetlar ittifoqi böylab harakatlangan poyezdda suhbatlaşmoqda, 1974 yil.

Iste’foga çiqqanidan keyin ham u siyosiy arenada qolişda davom etdi. Xususan, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini yuzasidan çiqişlar qilib, Kiyevni hududlarini topşiriş evaziga bölsa ham tinçlik sulhi tuzişga çaqirdi. Bir neça oy ötib u bunday yon beriş taklifidan voz keçdi va Ukrainaning NATOga a’zo bölişini qöllab-quvvatladi. 2023 yil iyulida, 100 yoşlik yubileyidan keyin u Xitoy rahbari Si Jinping bilan uçraşgandi.