Aytişlariça, Kissinjyer agar AQŞ çegaralaridan taşqarida tuğilmaganida, öz qobiliyati va xizmatlari şarofati bilan prezidentlikka da’vogarlik qila olardi.

Dunyo tartibotining bölajak me’mori 1923 yil 27 mayda Bavariya yerining Fyurte şahrida maktab öqituvçisi oilasida tuğilgan va Hayns nomini olgan, keyinroq ismini «Genri»ga özgartirgan.

Yangi vatan

U 15 yoşda ekanida, oila natsistlardan qoçib Nyu-Yorkka ketadi. Yoş Kissinjyer Manhettenda öqiydi, şu bilan bir vaqtda ustara çötkasi işlab çiqariladigan fabrikada işlaydi.

1943 yilda u armiyaga çaqiriladi va nemis tilini bilgani tufayli 84-piyodalar diviziyasining razvedka xizmatiga biriktiriladi. 1945-1946 yillarda esa denatsifikatsiya va Germaniyada, Hannover va Hessen yerlarida sobiq «esesçilar»ni qidirib topiş bilan şuğullanadi.

1950 yilda Kissinjyer Harvardni a’lo baholarga tamomlaydi (uning «Tarixning ahamiyati» nomli 388 sahifalik dissertatsiyasi universitetning tört asrlik tarixidagi eng uzun diplom işi bölgan) va qariyb 20 yil mobaynida professor va ekspert sifatida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan.

1969 yil yanvarida, öz inauguratsiyasidan keyin darhol, Riçard Nikson taniqli tahlilçiga özining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimini taklif etadi.

Prezident Kissinjyerga çeksiz darajada işonç bildirgan, şu bilan birga, Vaşingtondagi kuzatuvçilar fikriça, bu bilan davlat kotibi Uilyam Rodjyersga hurmatsizlik qilgan.

1973 yilda Kissinjyer Niksondan keyin kelgan prezident Jyerald Ford davrida ham alohida mavqeyini saqlab qoladi va mamlakat tarixida taşqi siyosatdagi ikki muhim lavozimni bir vaqtda egallagan yagona şaxsga aylanadi.

Öz qaraşlariga köra u klassik Realpolitik tarafdori bölib, ideologiya va inson huquqlari uning uçun birinçi örinda turmagan.

Global qözğaliş

AQŞ va ğarb qadriyatlarini inkor etişda sovetlar ittifoqidan farqliroq pozitsiyada bölgan maoçilar boşqaruvidagi Xitoy örtasidagi yaqinlaşuv 1970-yillar boşida mutlaqo fantastika bölib körinardi. Ammo Kissinjyer geosiyosiy mulohazalar ustun kelişiga işonardi va u yanglişmadi.

Yaşirin razvedka uçinçi mamlakatlar diplomatlari va siyosatçilari, jumladan ruminlar yetakçisi Nikolaye Çauşesku orqali olib boriladi.