Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu sulh muddati tugagaç Falastinning HAMAS harakatini yöq qiliş maqsadida harbiy kampaniya davom ettirilişini ta’kidladi. Bu haqda The Times of Israel yozdi.
Netanyahu sözlariga köra, uruşning asosiy maqsadlari Ğazoni boşqarayotgan «terrorçi» guruhni yöq qiliş, 7 oktyabrdagi qirğin paytida garovga olingan barça asirlarni vatanga qaytariş va anklav «heç qaçon Isroil uçun xavf tuğdirmasligini» ta’minlaşdir.
«Sönggi kunlarda men bir savolni eşityapman: Isroil garovga olinganlarni qaytarişning bu bosqiçi tugagandan söng, jangovar harakatlarga qaytadimi? Mening javobim aniq — ha. Biz oxirigaça kuraşamiz», dedi Isroil hukumati rahbari.
27 noyabr kuni Isroil va HAMAS otaşkesimni yana ikki kunga uzaytiriş haqida kelişuvga erişgan edi. Sulh paytida tomonlar garovdagilar va mahbuslarni almaştirişi nazarda tutilgan.












