Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 dekabr kuni jonli efirda rossiyaliklar savollariga javob beradi, şuningdek, OAV uçun katta matbuot anjumani ötkazadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«14 dekabr kuni Vladimir Putin yil yakunlarini sarhisob qiladi. Bu TV dastur körinişida böladi va jonli efirdagi muloqot bilan yakuniy matbuot anjumanining birlaşgan formati şaklida ötkaziladi», dedi Peskov.
Dastur «Vladimir Putin bilan yil yakunlari» deb nomlanadi va uning tahririyati Umumrossiya xalq fronti (UXF) boş qarorgohida joylaşadi.
«Ma’lumki, «jonli muloqot» aniq vaqt bilan çegaralanmagan. Bu öziga xos xususiyatga ega bölgan juda uzoq va mazmunli tadbir», dedi Kreml vakili jurnalistlarning tadbir davomiyligi haqidagi savoliga javob berar ekan.
Peskov sözlariga köra, rossiyaliklardan savollar 1 dekabrdan qabul qilinadi. Bu yil buni UXF xodimlari amalga oşiradi. Tadbirda rossiyalik jurnalistlar, şuningdek, «akkreditatsiyadan ötgan va Moskvada faoliyatini davom ettirayotgan» xorijiy naşr xodimlari iştirok etadi», deb qöşimça qildi Kreml vakili.
2022 yilda Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlari fonida Putinning «jonli muloqoti» va katta matbuot anjumani ötkazilmadi.








