Prezident Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklari prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30 noyabr — 2 dekabr kunlari BMTning Iqlim özgarişi masalalari böyiça konferensiyasida iştirok etiş uçun Dubay şahrida böladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilişiça, iqlim böyiça global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro taşkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnaşadi.

Tadbir kun tartibidan BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi hadli konvensiyasi asosiy qoidalarini amalga oşiriş, bugungi ekologik tahdid va xatarlarga qarşi kuraşiş, «yaşil» taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surişda keng hamkorlik masalalari örin olgan.

Şavkat Mirziyoyev sammitning yalpi sessiyasida nutq sözlaşi hamda qator ikki tomonlama uçraşuv va muzokaralar ötkazişi kutilmoqda.

Ma’lumot uçun, Özbekiston BMTning Hadli konvensiyasiga 1993 yilda qöşilgan, 2018 yilda Parij bitimi iştirokçisi bölgan.