Özbekiston Oliy sudi atoqli özbek yozuvçisi Abdulla Qodiriyga nisbatan 1926 yilda çiqarilgan hukmni bekor qilib, uni oqladi.

Adib 1926 yilda hukumat rahbarlarini obrösizlantirişda ayblangan va tergovga tortilgan. Bunga «Muştum» jurnalida e’lon qilingan «Yiğindi gaplar» nomli maqolasi sabab bölgan. 

Qodiriy “Men ma’naviy öldirildim, endi men uçun jismoniy ölim heç narsa emas”, degan jumlani öşa sud jarayonidan keyin aytgan.

Özbekiston SSR Oliy sudi jinoyat işlari hay’atining 1926 yil 16 iyundagi hukmi bilan, Abdulla Qodiriy Özbekiston SSR Jinoyat kodeksining 73-moddasida (kontrrevolyutsion xarakterga ega adabiyotlarni tarqatiş va tarqatiş maqsadida tayyorlaş, saqlaş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Biroq, Özbekiston SSR Markaziy ijroqömi Rayosatining 1926 yil 17 iyundagi qaroriga asosan adib jazodan ozod etilgan.

Uşbu hukm yuzasidan Abdulla Qodiriyning nabirasi Habibullo Qodiriy Oliy sudga apellyatsiya şikoyatini berdi.

Oliy sud apellyatsiya şikoyatini körib çiqdi va bugun, 1 dekabr kuni hukmni bekor qilib, Abdulla Qodiriyning harakatlarida Özbekiston SSR Jinoyat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli aybsiz deb topdi va uni oqladi.

Şuningdek, uning tergovda nohaq uşlab turilgani ham qayd qilindi.

Eslatib ötamiz, Abdulla Qodiriy 1938 yilda qatağon qilinib, otib taşlangan. Uşbu hukm böyiça 1957 yilda oqlangan.

Ayni paytda Oliy sud Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining oçiq sud majlislarida sovet davrida qatağon qurboni bölgan va hozirgaça oqlanmagan 174 nafar şaxsga oid jinoyat işlari yuzasidan Özbekiston Respublikasi boş prokurori örinbosari keltirgan protestlar körib çiqilmoqda.