«Katta terror»ning qonli izi – Sandarmoxda topilgan ommaviy qabrlarga kimlar kömilgandi?
|14:39 / 03.12.202328 66813 min
Bundan 86 yil avval, 1937 yil 30 iyul kuni SSSRda ommaviy hibsga olişlar boşlanib ketadi. Tarixda «Katta terror» nomi bilan atalgan bu işda qisqa kunlar içida mamlakat böylab millionlab odam hibsga olinadi. Ularning bir qismi qamaladi, qolganlari otib taşlanadi. Öşanda Rossiya şimoliy-ğarbida joylaşgan örmonda ham köpçilik qatl etilgan va ommaviy qabrlarga kömib yuborilgandi.
Bugun «covet ittifoqi» deyilganda köpçilik yovuz bir saltanatni eslaydi. Bu davlat ikkinçi jahon uruşida 20 milliondan oşiq qurbon bergani yetmaganday, Stalinning 31 yil davom etgan yovuz boşqaruvi tufayli özining 20 milliondan ortiq aholisini qatağon qilgan.
Agar tarixga nazar taşlansa, öşa qatağonlar tasodifan bölmagan, yovuz tuzum unga ança avvaldan tayyorgarlik körgandi. Stalin SSSRni qamoqxonalar mamlakatiga aylantirişni 1920-yillarning ikkinçi yarmida, mamlakatda kollektivlaştiriş siyosatini ötkaziş davrida boşlagan edi.
Öşanda millionlab dehqonlar, hunarmandlar va boşqalar «boy-quloq» qilinib, uylaridan surgun qilingan. Qamoqxonalarga tiqilgan va öldirib yuborilgan. Şundan söng qatağonlar tinmagan va u Stalin vafotigaça davom etgan.
Stalin davridagi eng yirik qatağonlardan biri 1937 yil 31 iyuldan 1938 yil noyabr oyigaça ötkazilgan va şu davrda qariyb 2 mln odam hibsga olingan.
Ularning qariyb yarmi ölim jazosiga hukm qilingan. Qolganlari uzoq yillarga qamalib, GULag qamoqxona lagerlarida ölib ketgan. Tarixda sovetlarning bu qatağoni «Katta terror» deb nomlanadi.
«Katta terror» davom etar ekan juda köp insonlar qamaladi. Boşqalari esa ovloq joylarga olib çiqilib, otib taşlanadi. Söng ommaviy qabrlarga kömilib, ularning usti kişi bilmas qilib tekislab yuboriladi.
Ana şunday ommaviy qabrlardan bir neçtasi 1997 yilda Rossiyadagi «Memorial» jamiyati vakillari tomonidan Kareliyadagi Sandarmox örmonidan topgan edi.
Sandarmox örmonidagi ommaviy qatllar ötkazilgan joy
lenta.ru
Sandarmox qatliomi
1930-yillar ikkinçi yarmida ham Kareliyadagi SSSR va Finlandiya örtasidagi çegara töliq nazorat qilinmas, qalin örmonlar va botqoqliklar orqali ötib qaytiş mumkin edi.
Aynan şuni bahona qilgan sovetlar «Katta terror» vaqtida Kareliyada juda köplab odamlarni josuslikda ayblab hibsga oladi. Öşanda respublika aholisining 2,2-2,5 foiz aholisi qamaladi. SSSR böylab boşqa hududlarda qamalganlar soni örtaça 0,8 foiz bölgan.
Bir neça oyda Kareliyada 12 mingdan oşiq odam qamaladi va ulardan 11 ming nafari, 87 foizi öldiriladi. Öşa paytda SSSRda qamalganlarning örtaça 50 foizi öldirilgan. Kareliyada öldirilganlar soni foiz hisobida ança köp edi.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, Kareliyada GULag tarkibigi kiruvçi bir neçta yirik qamoqxona bölib, ularda SSSRning boşqa hududlaridan keltirilgan mahbuslar ham saqlanardi. Ommaviy qatllar paytida ular ham omon qolmagan.
Kareliyada qatl etilganlarning asosiy qismi Ayiq toği atrofidagi örmonda öldirilgan va ommaviy qabrlarga kömib yuborilgan. Ana şunday joydan biri Sandarmox deb ataladi.
Sandarmox xaritada. «Katta terror» paytida va undan keyin manfur tuzum mahbuslarni «gadoytopmas» joylarda ommaviy qatl qilgan
Turli ma’lumotlarga köra, Sandarmox «Katta terror» vaqtida hibsga olinganlar qatl etiladigan asosiy joy bölgan. Bu yerda qariyb 7000 ming boşqa manbalarda esa bundan ham köproq odam qatl etilgani keltirilgan.
Keyinçalik ma’lum bölişiça, Sandarmoxda 1937 yilda eng avval Oq dengizdagi Solovetsk orolida joylaşgan qamoqxonada saqlanayotgan 1 111 nafar mahbus qatl etilgan.
Bundan taşqari, Sandarmoxda 1930-yillar boşida Oq dengizni Onega köli bilan boğlaş uçun qurila boşlangan kanalda işlagan mahbuslar qatliom qilinib, kömilgani aniqlanadi.
Sovetlar bu kanal qurilişiga jalb qilgan mahbuslar asosan kollektivlaştiriş davrida SSSRning turli hududlari, şu jumladan, Özbekiston quloq qilingan odamlar bölgan.
Kanal qurilişi uçun «Belbaltlag» (Oq dengiz-Boltiq böyidagi axloq tuzatiş mehnat lageri taşkil etilgan va mahkumlar asosan öşa yerda saqlangan.
Öşa yil avgustda Solovetskdagi qamoqxonaga yana 1200 kişi olib kelinadi va ular oktyabrda qatl etiladi. Qatliomlar «Katta terror» tugagança va undan keyin ham davom ettiriladi.
Qatağon qilinganlar Sandarmox örmonida otib taşlanar ekan, jasadlar ommaviy qabrlarga kömilib, heç qanday belgi qöyilmasdan ularning usti tekislab taşlangan.
Sandarmox örmonida öldirilgan şaxslarning suratlari u yerdagi daraxtlarga ilib qöyilgan
euromaidanpress.com
Ommaviy qabristonlarning topilişi
1953 yilda Stalin vafot etadi. Uning davrida qatağon qilinganlardan ölganlar oqlanadi. Qamoqxonalarda bölganlar ozod qilinadi.
Biroq mustabid tuzum Stalin davrida insoniyatga qilingan jinoyatlarning aksariyatini yaşirişda davom etadi. Ommaviy qabrlar va u yerga kömib yuborilganlar haqidagi ma’lumotlar odamlardan sir tutiladi.
1985 yilda SSSR taxtiga Mixail Gorbaçyov kelganidan söng siyosiy va iqtisodiy islohotlar boşlanadi. Arxivlar oçiladi va ommaviy qabrlarni qidiriş boşlanadi.
1990 yilda «Memorial» jamiyatlari tuziladi. Qatağon qurbonlarining şaxsini va ular kömilgan joylarni aniqlaş işlari bilan asosan şu jamiyat a’zolari şuğullanadi. Şu jumladan, Kareliyada ham.
Kareliyada qatağon qurbonlarini qidiriş va ular kömilgan joylarni aniqlaş işlariga asosan polkovnik Ivan Çuxin boş-qoş böladi. 1997 yilda Çuxin vafot etgaç rahbarlik uning yordamçisi Yuriy Dmitriyevga ötadi.
Öşa paytda hali qatağonlarga guvoh bölgan insonlar tirik, ular ommaviy qabrlar Ayiq toği etaklaridagi örmonlarda ekanini aytişardi. Biroq qabrlar usti tekislab yuborilgani uçun aniq manzillarni topişning iloji bölmayotgandi.
Dmitriyevning qöliga tuşgan hujjatlarning birida ommaviy qabrlar Çelyabinsk traktining janubiy-ğarbiy tomonida, Medgora temiryöl bekatidan 10 kilometr uzoqlikda ekani yozilgandi. U şu yönaliş böylab qidiruvlarni boşlab yuboradi.
Sandarmoxga olib boruvçi yöl
www.tourister.ru
Boşqa tomondan Leningraddagi «Memorial» jamiyati Solovetskdagi lagerda saqlangan mahbuslarning izini qidira boşlaydi. Xalq orasida mahbuslar Oq dengizga çöktirib yuborilgan degan miş-mişlar yurardi.
Bir neça yillik izlanişdan söng jamiyat a’zolari mahbuslar Ayiq toği qörğonidan 16 kilometr uzoqlikdagi örmonga, kömib yuborilganini aniqlaşadi.
1997 yilda Sandarmox deb ataladigan qadimiy manzil yaqinidan ilk ommaviy qabriston topiladi. Jasadlar tekşirib körilganda ular 50 yil avval kömilgani aniqlanadi. Şundan söng ommaviy qabrlar topilgan joyga Sandarmox qabristoni deb nom berişadi.
Köp ötmay Sandarmoxdagi barça ommaviy qabrlar oçiladi. Söng ularning har birining oldiga ommaviy qabr haqidagi ma’lumot yozilgan beşta yodgorlik toşlari örnatiladi.
Keyinroq, Sandarmoxda yodgorlik majmuasi barpo qilinadi va Kareliya hukumatining qarori bilan 5 avgust «Katta terror» davrida qatağon qilinganlarni yod etiş kuni deb belgilanadi.
2000 yilda esa respublika hukumatining maxsus qaror bilan Sandarmox Rossiya xalqlari madaniy meros obekti röyxatiga kiritiladi. Medvejyegorsk tumanida muzey taşkil qilinadi.
Sandarmoxdagi ommaviy qabrni qaziş payti
www.is.fi
Sandarmoxda harbiy asirlar ham kömilganmi?
2016 yil yozda bir qator OAVda Sandarmoxda faqat «Katta terror» davridagi siyosiy mahbuslar emas, balki sovet-fin uruşi davrida harbiy asirlar ham kömilgani haqida xabarlar tarqaladi.
Agar voqealar rivojiga qaralsa, «Katta terror» 1937 yil yozdan, 1938 yil oxirigaça, sovet-fin uruşi esa 1939 yil 30 noyabrdan, 1940 yil 10 martgaça 100 kun davom etgan.
Ma’lumotlarga köra, sovetlar Finlandiya tarkibida bölgan hududlarni bosib olar ekan, u yerda sovet hokimiyatini örnata boşlaydi. Bu yölda 1928-1932 yillarda SSSRda bölgani kabi kolxozlar tuziladi.
Barça unga a’zo bölib kirişga majburlanib, örtahollar va boylar quloq sifatida qamoqqa taşlanadi. Şuningdek, uruşda fin askarlari yoki ularga yordam bergan partizanlar asirga olinadi.
Oxirida, harbiy asirlar va quloq qilinganlar Sandarmoxga olib borilib, otib taşlanadi. Söng ommaviy qabrlarga kömilib, usti tekislab taşlanadi.
Keyinçalik, natsistlar Germaniyasi bilan bölgan uruşda sovetlarning qöli baland kela boşlagaç köplab nemis harbiylari asir tuşa boşlaydi. Petrozavod universiteti tarixçilariga köra, Sandarmoxda nemis asirlari ham qatl etilgan va ommaviy qabrlarga kömib yuborilgan.
Sandarmoxda qatliom qilingan kazaklar xotiras uçun örnatilgan qabrtoş
ru-travel.livejournal.com
Sovetlarga qarşi Dmitriyev
Sandarmoxdagi ommaviy qabrlarni topişda jonbozlik körsatgan Yuriy Dmitriyevning hayoti oson keçmagan. U ilk marta qamalganida hali komsomol safida edi.
Dmitriyev 1978 yilda Kareliyadagi sayyohlik bazasida yöriqçi bölib işlab yurganida mast holda baza öt yoquvçisini döpposlaganlikda ayblanib, 3 yilga qamaladi. U qamoqdan sovetlarga qarşi kayfiyatda qaytadi.
1980-yillar oxirida Dmitriyev 1930-1940 yillarda Kareliyada siyosiy ayblar bilan ayblanib qatağon qilinganlar işlarini örgana boşlaydi. U rahbari Ivan Çuxin bilan birga ommaviy kömib yuborilgan mahbuslarning ism-şariflarini aniqlaydi.
1997 yilda Çuxin avtohalokat tufayli vafot etgaç «Memorial» jamğarmasining Kareliya böyiça boşliği sifatida işlarni davom ettiradi.
1999 yilda Dmitriyevning «Otuv joyi – Sandarmox» nomli kitobi çop etiladi. Kitobda Kareliyadagi ommaviy qabrlarga kömib yuborilgan mahbuslar haqida köplab ma’lumotlar bor edi.
Sandarmoxda qatliom qilingan odamlar orasida turli millat vakillari bilan birga Özbekistondan surgun qilingan özbek oilalari ham bölgan.
Bu haqda Muazzam Ibrohimovaning feysbuk ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida e’lon qilingan «Sandarmox fojiasi yoki yiğlayotgan daraxtlar» maqolasida qiziq ma’lumotlar berilgan.
Stalinni uluğlayotgan Putin va Rossiyani bosqinçilikda ayblagan Dmitriyev
Rossiya tepasiga Putin kelgandan söng Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaga va Stalin şaxsiyatiga e’tibor kuçaydi. Sovet davrini maqtaş boşlandi. Qonxör jallodni uluğlovçi asarlar yozildi, filmlar işlandi.
Putinning özi ham köp marta Stalinni uluğlab fikrlar bildirgan.Oxirgisi, 2022 yil 21 sentabr kuni Novgorod şahrida Rossiya davlati taşkil etilganining 1 160 yilligida sözlagan nutqida u Vladimir Lenin, Iosif Stalin i Nikolay II Rossiyani buyuk davlatga aylantirganini alohida ta’kidlagandi.
Rossiyalik tarixçi Anatoliy Razumov sönggi yillarda mamlakatda davlat darajasida Stalinni uluğlaş boşlangani haqida şunday deydi:
«Bu xuddi SSSRda bölgan aksiltarğibot olib borişning davomi hisoblanadi. Mavzuni boşqa yoqqa buriş, ikkinçi jahon uruşi paytidagi faşistlarning vahşiyliklari haqida töxtovsiz gapiriş, polyaklar farişta emas, finlar yovuz odamlar edi deb takrorlaş va hokazo şu tariqa odamlarni sovet zulmidan çalğitiş bölyapti».
1990-yillar boşidagi siyosatning 2000-yillar ikkinçi yarmiga kelib bunday tarzda özgarişi sovet davlatini, ayniqsa Stalin davrini qoralab kelgan Dmitriyev uçun muammolar tuğdirişi tayin edi.
2010 yildan boşlab Stalin buyruği bilan qatl etilganlar xotirasini abadiylaştiriş böyiça iş olib borgan Dmitriyev va boşqa faollar hokimiyat vakillarining qarşiligiga duç kela boşlaydi.
2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilganidan söng Dmitriyev va uning hammaslaklari bölgan boşqa faolllar bu işni qoralab çiqişadi. Şundan söng ularga nisbatan turli ayblovlar ilgari suriladi.
2016 yilning dekabrida Dmitriyev bolalar pornografiyasini işlab çiqarişda ayblanib hibsga olinadi. Sud uni oqlaydi, ammo ikki oy ötgaç, tarixçi yana hibsga olinadi
Bu safar prokuratura pornografiya işlab çiqarişga yana jinsiy tajovuz va öqotar qurol saqlaş ayblovlarini qöşadi. Şu tariqa u 2018 yilgaça bir neça marta hibsxonadan ozod qilinadi va qayta qamoqqa olinadi.
Yuriy Dmitriyev hibsga olingandan söng
7x7-journal.ru
2019 yilda Dmitriyev hali vaqtinça saqlaş hibsxonasida ötirgan paytida Sandarmox kitobining davomini yozib çop ettiradi. Ikkinçi kitob «Sandarmox yodgorlik joyi» deb nomlangan.
2020 yilda 64 yoşli Dmitriyev jinsiy tajovuz qilişda ayblanib, 3,5 yilga qamaldi. 2021 yilda unga berilgan jazo 15 yilga uzaytirildi.
2018 yilda Dmitriyevning hammaslagi, u bilan Sandarmoxdagi ommaviy qabrlar böyiça işlagan, Medvejyegorsk ölka tarix muzeyi rahbari Sergey Koltirin ham hibsga olinadi. 2019 yilda sudning hukmi bilan Koltirin ham 9 yilga qamaladi.
Rossiyaning Stalinga munosabati özgarar ekan, nafaqat Sandarmox qatliomlari böyiça işlab kelayotgan faollar qamaladi, balki har yili ötkaziladigan turli tadbirlar ham qisqartiriladi.
Masalan, 2016 yildan boşlab Kareliya rasmiylari 5 avgust kuni Sandarmoxda har yili ötkaziladigan Xotira kuniga kelişni töxtatadi.
Sandarmoxda köplab musulmonlar ham qatliom qilingan
ru-travel.livejournal.com
Biroq har yili 5 avgust kuni Sandarmoxga Rossiya va boşqa sobiq ittifoq respublikalaridan, xorijiy davlatlardan köplab odamlar kelib, qatliom qilinganlarni yod etmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi