Hind okeanida, feruza rang suvlarning iliq quchog‘ida marvarid yashiringan, u Maldiv orollari nomi bilan mashhur. Bu 1000 dan ortiq marjon orollaridan iborat arxipelag bo‘lib, ularning har biri go‘yo rang-barang dengiz mavjlarini ifodalaganga o‘xshaydi. Bu yerda oppoq qumli plyajlar palma daraxtlarining zumrad barglari bilan birlasharkan, vaqt sekinroq harakat qilayotgandek tuyuladi, bu esa sizga g‘ayrioddiy go‘zallikdan zavqlanish imkonini beradi.

Milliy turoperator ushbu maqolada orzudagi jannatmakon orolga sayohat qilmoqchi bo‘lgan sayyohlarning eng mashhur va tez-tez beriladigan savollariga javob beradi.

Maldiv orollariga qachon borgan ma’qul?

Maldiv orollarida dam olish uchun eng yaxshi oylar dekabrdan yanvargacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Bu vaqtda havo iliq, okean tinch, suvlar tiniq bo‘ladi.

Maldiv orollariga qanday uchish mumkin?

Toshkentdan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar 2 dekabrdan boshlanadi va 2024 yil fevral oyi oxirigacha davom etadi. Parvozlar “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning qulay avialaynerlarida haftada bir marta, har shanba kuni amalga oshiriladi.

Orolgacha necha soat uchiladi?

Maldiv orollariga parvoz atigi 6 soat davom etadi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bortida tovuq yoki mol go‘shtidan tayyorlangan issiq, halol taomlar, gazaklar, shuningdek, turli ichimliklar taqdim etiladi.

Maldiv orollariga vizani qanday olish mumkin?

Shunchaki, Maldiv orollariga uching. Mamlakatimiz uchun Maldiv Respublikasiga kirishda hech qanday qiyinchiliksiz 30 kungacha sayyohlik vizasi beriladi.

Maldiv orollarida transport: mehmonxonaga qanday yetib olinadi?

Xalqaro reyslar Maldiv orollari poytaxti Male aeroportiga qo‘nadi. Aeroportdan kurortga/mehmonxonaga yo‘l va transfer siz tanlagan orolga bog‘liq.

Maldiv orollarida sayyohlarga tanlov uchun ikkita eng mashhur transport varianti taklif qilinadi:

 ⁃ dengiz samolyoti — bu eng tezkor yo‘l, gidroplanda butun boshli orolni yuqoridan, bor go‘zalligi bilan ko‘rishingiz mumkin.