Andijon viloyati hududida «Dolzarb 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bir qator jinoyat olami vakillari, tovlamaçilar, özidan «yetakçi» yasab olganlar hamda ularga yaqin bölgan şaxslar uşlanmoqda, deya xabar qildi viloyat IIB matbuot xizmati.
Xususan, 2023 yilning 2 dekabr kuni ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida:
- muqaddam Jinoyat kodeksining 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş), 238 (Yolğon guvohlik beriş), 241 (Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yaşiriş), 165-moddalarida (Tovlamaçilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uçun bir neça marotaba sudlangan, Andijon tumanida yaşovçi, 1985-yilda tuğilgan Bayxnov Noufal Alişeroviç;
- muqaddam Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam öldiriş), 164 (Bosqinçilik), 165-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uçun bir neça marotaba sudlangan, Andijon şahrida yaşovçi,1989-yilda tuğilgan Umarov Umidbek Rafukjonoviç;
- muqaddam Jinoyat kodeksining 159-moddasida (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uçun sudlangan, Qörğontepa tumanida yaşovçi, 1961-yilda tuğilgan Mamajonov Dilmurod Adhamjanoviç uşlangan.



Ular viloyat hududida mayda bezorilik, tovlamaçilik, kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda ötkaziş bilan boğliq jinoyatlarni sodir etgani aniqlanib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, JKning 165, 251−1 (Kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş), 273-moddalariga (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) asosan qözğatilgan jinoyat işlari doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Agar uşbu şaxslardan jabr körgan bölsangiz yoki uşbu şaxslarning jinoiy xatti-harakatlari böyiça ma’lumotlarga ega bölsangiz, Andijon viloyati IIBning «102»














