Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Nyu-York şahridagi Kolumbiya universitetiga taşrif buyurdi.
Taşrif davomida mazkur oliy öquv yurti professor-öqituvçilari tomonidan aholini ijtimoiy himoya qiliş tizimini mustahkamlaş masalalariga bağişlangan muzokaralar, şuningdek, bir qator taqdimotlar ötkazildi. Şuningdek, ijtimoiy himoyaning dolzarb muammolari böyiça fikr almaşildi.

Kolumbiya universiteti fuqarolarni ijtimoiy himoya bilan ta’minlaşda Özbekistonning «mahalla» instituti tizimini örganişga alohida qiziqiş bildirmoqda.

Agentlik delegatsiyasi universitet prezidenti Minuş Şafik bilan ham uçraşdi.
Muzokaralar natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti ijtimoiy iş maktabi va YUNISEF örtasida nafaqat Özbekistonda, balki butun mintaqada ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirişda muhim rol öynaşi kutilayotgan «Hamjamiyatlarni mustahkamlaş va ijtimoiy farovonlikni rivojlantiriş markazi» taşkil etişni nazarda tutuvçi uç tomonlama özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.















