Eron sudi mamlakat armiyasi maxsus kuçlari qömondoni, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun AQŞdan tovon puli undirilişi haqida qaror çiqardi.
«Qöşma Ştatlar va yana 41 nafar jismoniy va yuridik şaxs general Qosim Sulaymoniy ölimi bilan boğliq jinoyatlar tufayli 49 milliard 770 million dollar tölaşga majbur böldi», deb sud qaroridan iqtibos keltirdi IRNA.
AQŞ rasmiylarining bu da’voga munosabati hozirça ma’lum emas.
Eronlik general Qosim Sulaymoniy va Iroq şia militsiyasi rahbari örinbosari Abu Mahdiy al-Muhandis 2020 yil 3 yanvarga ötar keçasi AQŞ tomonidan Bağdod aeroporti hududida uyuştirilgan operatsiya oqibatida halok böldi. Vaşington ularni 2019 yil 31 dekabr kuni Bağdoddagi AQŞ elçixonasiga hujum uyuştirişga aloqador deb hisoblagan. Bunga javoban Eron Amerikaning Iroqdagi bazalariga qarata raketa hujumlarini uyuştirgan edi.
Sulaymoniy ölimidan söng Eronda uç kunlik milliy motam e’lon qilindi. General özi tuğilib ösgan Karmon şahrida dafn etildi.










