Joriy yilning 1 dekabridan boşlab Yandex Go xizmati Özbekistonda öz faoliyatini mahalliylaştirib, soliq rezidentiga aylangani xabar qilingandi. Şu bilan birga, mazkur servis Soliq axborot tizimlari bilan integratsiya qilinişi natijasida har bir taşiş xizmati uçun fiskal çek şakllantiriş imkoniyati yaratilgan. Bu haqda Soliq qömitasi xabar berdi.

Xususan, ötgan kunlar davomida (1 – 6 dekabr) 13,5 mlrd sömlik 800 ming 483 ta çek şakllantirilgan. Öz navbatida, qömita mazkur sohada bir qator yeçimini topişi lozim bölgan masalalar saqlanib qolayotganligini ma’lum qildi.

“Birinçidan, taksi xizmati (Yandex Go va boşqalar) uçun naqd pul orqali tölov qilinganda çek berilişi yölga qöyilmagan. Bu borada amaliyotga tatbiq etiş uçun bir neçta yeçimlar işlab çiqildi va bozor iştirokçilariga taklif qilindi, yaqin kunlarda naqd pul orqali tölov qilinganida ham çek berilişi ta’minlanadi.

Ikkinçidan, qolgan agregatorlarda, xususan – MyTaxi, Uklon va boşqalarda fiskal çek bugungi kungaça şakllantirilmayapti. Uşbu agregatorlar bilan texnik integratsiyalaş işlari yakunlangan va yaqin kunlarda yölovçilar uşbu xizmatlardan foydalanganda fiskal çeklarni olişni boşlaşi kutilmoqda. Bundan taşqari, respublikaning barça hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallaştiriş közda tutilgan.

Uçinçidan, bugungi kunga qadar şakllantirilgan 13,5 mlrd sömlik 800 ming 483 ta çeklarning 13,4 mlrd sömlik 791 ming 100 tasi 232 ta yuridik şaxslar (Yandex Go hamkorlari va taksi kompaniyalari), 163,9 mln sömlik 9383 tasi esa 1821 nafar özini özi band qilgan şaxslar hissasiga töğri keladi. Bunda, taşiş xizmati özini özi band qilgan haydovçi tomonidan körsatilgan bölsa-da, taşişning barça summasi taksopark (hamkor) aylanmasida aks etiş holatlari Soliq qömitasi tomonidan kuzatilmoqda”, deyiladi qömita xabarida.

Qöşimça qilinişiça, taksi faoliyatidan rasmiy daromad şakllantiriş imkoniyatining paydo bölganligi özini özi band qilgan şaxslar uçun alohida bir qator afzalliklarni keltirib çiqaradi. Jumladan, daromad töğrisidagi ma’lumotlar keyinçalik ularga boşqa iqtisodiy harakatlarda imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu öz navbatida aholining iqtisodiy faolligi oşişiga xizmat qiladi.

 “Soliq qömitasi taksi xizmatini körsatişda agregatorlar va ularning hamkorlari biznes jarayonlarini monitoring qilib bormoqda va aniq yeçimlarni taklif etadi. Şu bilan birga yölovçi taşiş bozorida, turli baholaşlarga asosan 500 mingdan 1 mln nafargaça fuqaro töliq yoki qisman bandligini, şuningdek, taksilarning kundalik logistika va harakatlanişdagi ahamiyati katta ekanini hisobga olib, mazkur sohadagi munosabatlarni avtomatlaştiriş va fiskallaştiriş jarayonini bosqiçma-bosqiç va ehtiyotkorlik bilan amalga oşiriş zarur”, deya xulosa qilingan qömita xabarida.