Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aeroportlarida ayrim reyslar parvozi yana kechiktirildi
Xususan, Namangan xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli 9 dekabr kuni qator reyslar o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.
Foto: Uzbekistan Airports
O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida ayrim reyslarning parvoz vaqti kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Kechiktirilgan reyslar bo‘yicha ma’lumot:
Panorama Airways aviakompaniyasining 5P5369 (Toshkent — Madina) reysining uchishi samolyotning kech yetib kelgani sababli Toshkent vaqti bilan 06:00 ga qoldirildi.
Shuningdek, Namangan xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli faqat 9 dekabr sanasida quyidagi reyslar o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9807 (Namangan — Nijnevartovsk) reysi: Namangandan uchish 00:01 da, Nijnevartovskka qo‘nish Toshkent vaqti bilan soat 03:15 da;
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9808 reysi (Nijnevartovsk — Namangan): Nijnevartovskdan uchish soat 04:30 da, Namanganga qo‘nish Toshkent vaqti bilan soat 08:20 da;
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9821 (Namangan — Irkutsk) reysi: Namangandan uchish 09:45 da, Irkutskka yetib kelish Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da;
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9822 reysi (Irkutsk — Namangan): Irkutskdan uchish 15:30 da, Namanganga qo‘nish Toshkent vaqti bilan soat 20:10 da;
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY94 reysi (Namangan — Toshkent): Namangandan uchish 21:00, Toshkentga qo‘nish Toshkent vaqti bilan soat 21:50.
Mavzuga oid
11:35 / 11.02.2026
Toshkentga uchgan samolyotlar Samarqand va Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘ldi
09:52 / 10.02.2026
Kuba: aeroportlarda aviayonilg‘i yo‘q - xorijiy reyslar qayta ko‘rib chiqilmoqda
11:43 / 09.02.2026
Issiq va yomg‘irli hafta
17:52 / 07.02.2026