Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov taniştiradi.

Qişloq xöjaligi uçun. Haftaning birinçi yarmidagi iliq va quruq havo dala işlari uçun qulay bölsa-da, yoğingarçilikning kamligi suğorişga bölgan ehtiyojni saqlab turadi. Janub, Buxoro va Navoiyda +35…+37 darajagaça issiq havo keç pişar ekinlarda, boğ va uzumzorlarda namlikning yöqotilişini oşirişi mumkin.

Hafta oxirida şimoldan kiruvçi salqin havo tungi va tonggi haroratning pasayişi bilan kuzgi agrometeorologik şaroitga ötişni tezlaştiradi.

Soğliqni saqlaş uçun. Iliq havodan salqin havoga ötiş, ayniqsa keksa yoşdagilar va surunkali nafas hamda yurak-qon tomir kasalliklari bor kişilar uçun sezilarli bölişi mumkin.

Toşkent va Farğona vodiysida antitsiklon taʼsirida şamolning susayişi mayda zarraçalar tarqalişini çeklaşi ehtimoli bor. Biroq hozirça çangning keskin ortişiga sabab böluvçi kuçli meteorologik omillar körinmayapti.