Farğona viloyatida xonadonida 79,2 ming dona pirotexnika vositalari saqlab kelgan şaxs aniqlandi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinişiça, Farğona tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida «Vodil» MFYda yaşovçi Ş.I.ning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Natijada, fuqaroning yaşaş xonadoni hovlisida çegaraning zaif hududlari orqali Qirğizistondan ötkazilgan, taxminiy narxi 14,4 million söm bölgan 79,2 ming dona «Treniya» nomli pirotexnika vositalarini ötkaziş maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Ş.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 185-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan ma’muriy javobgarlikka tortiş çorasi körilgan.