Milliy gvardiya qömondonining buyruği bilan polkovnik Mirzaakbar Madumarov Milliy gvardiya Toşkent şahri böyiça boşqarmasi boşliği lavozimini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar polkovnik Mirzaakbar Madumarov Milliy gvardiya tasarrufidagi Çirçiq şahridagi brigada komandiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
UzNews’ning yozişiça, şu kunga qadar Toşkent şahar böyiça Milliy gvardiya boşqarma boşliği Atamurad Ahmedov soğliği tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Mazkur özgariş 25 noyabr kuni Toşkentdagi «Humo» arenasida xonanda Jah Khalib'ning konsertiga kirişda yuzaga kelgan tartibsizlik çoğida Milliy gvardiya xodimlariga hujum uyuştirilgani haqida tarqalgan xabarlar ortidan röy bermoqda.
Eslatib ötamiz, şanba kuni konsert boşlanişidan avval muxlislar zonasiga kiraverişda tiqilinç yuzaga kelgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda kiraverişda minglab odamlar töplanib qolgani aks etgan videolar tarqaldi.
iTicket.uz tartibsizliklarga konsert uçun soxta çiptalarni rasmiy platformasi orqali emas, balki uçinçi tomon saytlarida xarid qilgan köplab odamlar sabab bölganini ma’lum qildi.












