Marğilon şahrida qora Gentra haydovçilari bilan profilaktik suhbat ötkazildi, deb xabar bermoqda Farğona viloyati IBB matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, ayni kunlarda Farğona va Marğilon şaharlarida aynan qora rangdagi Gentra haydovçilari tomonidan davlat raqam belgisini yeçib olib, harakatlaniş holatlari köp uçramoqda.
Mazkur holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan tegişli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilmoqda.

Ötkazilgan profilaktik tadbirda viloyat IIB boşliği, general mayor Azizbek Ikramov şaxsan iştirok etib, Gentra haydovçilari bilan suhbat ötkazdi. Unda yuqoridagi kabi holatlarga yöl qöymaslik, aks holda haydovçi ma’muriy javobgarlikka tortilişi, avtomaşina esa jarima maydoniga olib kirilişi tuşuntirildi.












