Toşkent viloyati Çirçiq şahri içki işlar bölimi hibsxonasida 2001 yilda tuğilgan Abdulloh ismli yigit olamdan ötgan. Bu haqda şahar kengaşi deputati Jahongir Tölaganov xabar bergan.
Deputat öğrilik jinoyatida gumonlanib qölga olingan yigit öz joniga qasd qilgani aytilayotgan bölsa-da, uning burni singani va qoşi yorilgani haqida ham ma’lumot borligini xabar bergan.
«Har bir jinoyat qilgan jinoyatçi yoki gumonlanuvçi qonun oldida javob berişi kerak, ölimi bilan emas. IIBga olib kirib ketilgan har bir fuqaroning xavfsizligiga IIB xodimlari mas’ul ekanligini unutmasligimiz kerak», deya yozgan u.
Toşkent viloyati IIBB matbuot xizmati fuqaro öz joniga qasd qilgani haqida bayonot bergan.
Qayd etilişiça, 22 yoşli yigit A.O‘. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi (Öğrilik, köp miqdorda) va 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (Firibgarlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan qözğatilgan jinoyat işida ayblangan.
Tergov davomida A.O‘. muqaddam ham Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2 qismi «a» bandi (Bosqinçilik, qurol yoki qurol sifatida foydalaniş mumkin bölgan boşqa narsalarni işlatib) bilan sudlangani inobatga olingan. Unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
«1 dekabr kuni soat tungi 02:30 atrofida jinoyat işi doirasida hibsxonada saqlanayotgan A.O‘. kameradagi yopinçiq çoyşabdan sirtmoq yasab, kamera oynaçasining temir panjarasiga boğlagan holda öz joniga qasd qilgan», — deyiladi xabarda.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, marhumning ölimi böyin qismi sirtmoq bilan siqilişi natijasida kelib çiqqan mexanik asfiksiya oqibatida yuz bergani aniqlangan.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari amalga oşirilmoqda.
Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) «Çirçiq IIBdan yoş yigitning öligi çiqdi» sarlavhali xabar örganilayotganini, holat nazoratga olinib, işga taalluqli ma’lumotlar sörab olingani haqida ma’lum qilgan.
«Töplangan hujjatlar örganilib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda körib çiqiş uçun viloyat prokuraturasiga yuboriladi va yuqoridagi holat yuzasidan qöşimça ma’lumot beriladi.












