Sanitariya-epidemiologiya qömitasi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan birgalikda Özbekistonning 18-64 yoşdagi aholisi örtasida ötkazilgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Tadqiqot qanday hududlarni qamrab olgani va unda neça kişi iştirok etgani oçiqlanmagan.
Tadqiqot natijalariga köra, respublika aholisining yarmi oğir vaznli, 20 foizi esa semiz. Har kuni aholining uçdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar iste’mol qiladi.
46 foiz aholining qonida xolesterin miqdori oşgan. Aholining örtaça tuz iste’moli kuniga 14,9 grammni taşkil etadi. Bu Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar köp (kuniga 5 grammdan oşmasligi lozim) deganidir.
Sanepidqömitaning qöşimça qilişiça, tarkibida tuz, qand, yoğ miqdori köp bölgan taom va şirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qiliş yoşlarda ratsional ösiş va aqliy rivojlanişdan ortda qoliş, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli ösma kabi insonning erta ölimiga olib keluvçi qator kasalliklarning rivojlanişiga sabab böladi.












