1 dekabrdan boşlab Yandex Go taksi xizmati Özbekiston hududida soliq rezidenti – “YandexGo UB” MÇJ tomonidan taqdim etiladi. Bu haqda Soliq qömitasi ma’lum qildi.
“Şu kundan boşlab Yandex Go xizmati öz hisob-kitoblarini Özbekiston Respublikasi qonunçiligi talablari asosida yuritadi, birlamçi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni tölaydi. Bu haqda Ridetech International B.V. Soliq qömitasini rasmiy xat orqali xabardor qildi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Yandex Go xizmatini fiskal ma’lumotlar operatori bilan integratsiyalaş böyiça işlar yakunlangan.
“Özini özi band qilgan şaxslar va yuridik şaxslar mazkur servis yordamida taşiş xizmatini körsatganda mijozlarga fiskal çek beriş masalasi körib çiqilmoqda”, – deya ma’lum qilgan soliq organi.
Qöşimça qilinişiça, MyTaxi va Uklon xizmatlarini fiskal ma’lumotlar operatori bilan integratsiyalaş işlari ham yakunlangan. Yaqin kunlarda ular orqali körsatilgan taşiş xizmatlari uçun tölovlarni fiskallaştiriş kutilmoqda.
Yandex Göning Özbekistondagi ofisidan Kun.uz'ga ma’lum qilinişiça, kompaniya taksi xizmatlari uçun çek taqdim etadigan bozordagi birinçi onlayn-xizmatga aylangan. 1 dekabrdan boşlab bank kartalari orqali tölov qilgan mijozlarga ilova orqali çek taqdim etiş boşlangan.
Kun.uz'ning naqd şaklda tölov qilinganida çek berilişi masalasidagi savoliga javoban, kompaniya matbuot xizmatining bildirişiça, Yandex Go naqd şaklda tölov qilgan mijozlar va xizmat körsatuvçilar örtasidagi hisob-kitoblarda iştirok etmaydi.
“Şu bilan birga, biz hozirda Soliq qömitasi bilan hamkorlikda xizmat körsatuvçilarga naqd şaklda tölov amalga oşirilganida avtomatik ravişda fiskal çek yaratiş va ularni Yandex Go ilovasida yölovçilarga taqdim etiş imkonini beruvçi funksionalni işlab çiqmoqdamiz”, – deyiladi rasmiy izohda.
Avvalroq Yandex Go 2023 yilda Özbekistondagi faoliyati yakunlarini sarhisob qilgan edi. Unda aytilişiça, kompaniya yil davomida mamlakatdagi ta’lim va xavfsizlik texnologiyalariga 450 ming dollardan ortiqroq investitsiya kiritgan. Şuningdek, restoranlardan tayyor ovqatlar va oziq-ovqatlarni yetkazib beruvçi Yandex Eats faoliyat yölga qöyilgan.












