11 dekabr kuni Nyu-Yorkdan Toşkentga uçgan samolyot bortda zöravonlik qilgan yölovçi tufayli Peterburgga favqulodda qöndi. 1991 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan olib çiqilgan.
Voqea paytida samolyot bortida bölgan Kun.uz manbasi holatni şunday hikoya qiladi:
“Içkarida bitta odam dutufreyedan 1 litrlik viski olib, samolyotda içdi. Mast bölib qolib, 3 nafar odam bilan urişib ketdi. Bu ham yetmaganday boşqa davlat fuqarolarini kamsitib, ularni haqorat qilib ötirdi. Şu sababli samolyot Peterburgga favqulodda qöndirildi”.
Kerakli protseduralar amalga oşirilgaç, parvoz davom ettirilgan. Samolyotning Peterburgga favqulodda qönişiga sabab bölgan erkak esa ayni paytda Toşkentga olib kelingan va söroq qilinmoqda.
Ma’lum bölişiça, Boeing 787 samolyotiga yölovçi sifatida çiqqan 1991 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan B.F. parvoz vaqti mast holatda havo transportining harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan. U ekipaj xodimlari hamda boşqa yölovçilarga qarşilik körsatib, samolyotdagilarning tinçini buzgan, soğliq uçun tahdid tuğdiradigan bezorilik harakatlarini amalga oşirgan.
Hozirda holat böyiça Toşkent şahri aeroportlarida XTB tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik), 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Agar aybi tasdiqlansa, bezori yölovçiga nisbatan 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.







