2023 yil Özbekiston Fanlar akademiyasi taşkil topganiga 80 yil töldi. Şu munosabat bilan 12 dekabr kuni Toşkentdagi anjumanlar saroyida dunyoning 10dan ortiq fanlar akademiyasi prezidentlari va xalqaro miqyosdagi olimlar iştirokida tadbir ötkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Tadbirda prezident Şavkat Mirziyoyevning ÖzFAga yöllagan tabrigini uning matbuot kotibi Şerzod Asadov öqib eşittirdi. “Sizlarning misolingizda bamisoli igna bilan quduq qazib, tadqiqot va işlanmalar yaratayotgan yangi Özbekistonning ilmiy, intellektual salohiyatini yuksaltirib kelayotgan mana şunday fidoyi insonlarni köraman. 80 yil davomida qutluğ va şarafli yölni bosib ötgan ÖzFA yuzlab akademik va atoqli olimlarni tarbiyalab, ilm-fan sohasida nufuzli ilmiy maktablar yaratişda katta hissa qöşdi”, – degan prezident.

Mirziyoyev nutqida Fanlar akademiyasi a’zolarining ijtimoiy holatini yaxşilaş böyiça qilingan işlar haqida ham ma’lumot berilib, akademiyada faoliyat körsatayotgan tadqiqotçilarga imtiyozli asosda kvartiralar, oilali yoş doktorantlar bepul uy-joylar bilan ta’minlangani aytib ötildi.

Ma’lum qilinişiça, ilm-fanga yönaltiriladigan mablağlarning yalpi içki mahsulotdagi uluşini 2025 yilgaça 6 marta, 2030 yilgaça esa 10 marta oşiriş reja qilingan.
ÖzFA prezidenti Behzod Yöldoşev akademiyaning 80 yillik faoliyati davomida erişgan yutuqlari haqida töxtalib ötdi. Uning aytişiça, 1943 yilda taşkil qilingan akademiyaning 2-hayoti 2017 yildan keyin boşlangan.
“Şu yillar içida astronomiya sohasida yangi yulduz oçildi, yangi uslublarni yölga qöydik. Yangi uslublar juda katta narsa, ular juda köp kaşfiyotlarning asosi böla oladi”, – dedi u.
Bundan taşqari, Yöldoşev oxirgi 5-6 yil içida akademiyada yoş tadqiqotçilar köpaygani, hatto ayrim institutlarda 1ta öringa 12 nafargaça nozmod töğri kelganini aytdi.
“Fanlar akademiyasi hozir oyoqqa turib oldi, buni davom ettirişimiz kerak”, – dedi akademiya prezidenti.


















