12 dekabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida paxta xomaşyosini yetiştiriş tizimini takomillaştiriş çoralari muhokama qilindi.

9 noyabr kungi selektorda prezident klasterlar va fermerlar örtasidagi munosabatlarni yangiça taşkil etiş, paxta uruğçiligiga ilğor yondaşuvlarni joriy qiliş zarurligini körsatib ötgan edi. Şu topşiriqlarga muvofiq işlab çiqilgan takliflar bugungi yiğilişda körib çiqildi.

Prezident matbuot xizmatiga köra, 2024 yil hosilidan boşlab paxta xomaşyosini yetiştiruvçilar va paxta-töqimaçilik klasterlari örtasida munosabatlar yangi tartibda taşkil etiladi.

Çigit ekilişidan avval fermer xöjaliklari va viloyat içidagi klaster örtasida tuproq hosildorligi doirasida fyuçers şartnomalari Tovar-xomaşyo birjasining “paxta xomaşyosi seksiyasi”da har bir hudud uçun ötkaziladigan savdolar orqali tuziladi.

Bunda fermer özi yetiştiradigan paxtaning miqdorini birjaga joylaştiradi hamda balandroq narx taklif etgan viloyat içidagi klaster bu fermer bilan fyuçers şartnomasini tuzadi. Boşlanğiç narx Nyu-York birjasidagi paxta tolasining oxirgi 12 oydagi örtaça narxi asosida belgilanadi.

Fyuçers şartnomasidan ortiqça yetiştirilgan paxta xomaşyosi yoki undan olinadigan birlamçi va ikkilamçi mahsulotlarni fermer xöjaliklari töğridan töğri fyuçers şartnomasi tuzgan klasterga yoki birja orqali istalgan sub’yektga sotadi.

Paxta xomaşyosi fermerlarning öz mablağlari, şu jumladan tijorat kreditlari hisobidan yetiştirilganda paxta xomaşyosi va undan olinadigan birlamçi va ikkilamçi mahsulotlar birjada erkin sotiladi.

Yiğilişda paxta xomaşyosini yetiştiruvçi xöjaliklarga birjada iştirok etiş tartibi yuzasidan öquv seminarlar taşkil etiş muhimligi qayd etildi. Klasterlar va boşqa korxonalar tomonidan paxta xomaşyosi faqat elektron tarozi orqali qabul qilinişi hamda paxta tolasini avtomatlaşgan hisobga oliş tizimi joriy qilinişi belgilandi.

2024 yil hosilidan boşlab fermerlar va klasterlarga paxta xomaşyosini yetiştiriş va yakuniy hisob-kitoblar uçun Qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan kreditlar ajratişning yangi tizimi joriy etiladi.

Ajratilgan kredit mablağlari hisobidan agrotexnik tadbirlar doirasida tovarlar, işlar va xizmatlar, şu jumladan moddiy resurslar yetkazib beruvçilar fermer xöjaliklari va klasterlar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.