Qiş faslida şamollaş, quloq va burun yon böşliqlari bilan boğliq kasalliklar köpayişi kuzatiladi. Mutaxassislar bu holatni faqat sovuq ob-havo bilan emas, kundalik hayotda odatga aylangan ayrim notöğri xatti-harakatlar bilan ham izohlaydi. Şulardan biri boşni yuvib, soç va boş terisi töliq qurimasidan taşqariga çiqişdir.

Tibbiy kuzatuvlarga köra, soç va boş terisining quriş vaqti soçning uzunligi, qalinligi hamda xona şaroitiga boğliq. Odatiy harorat va örtaça namlikda qisqa soçlar taxminan 20-30 daqiqada, örtaça uzunlikdagilar 30-45 daqiqada, uzun va qalin soçlar esa 45-60 daqiqa, ayrim hollarda 1-1,5 soatgaça bölgan vaqtda quriydi. Boş terisi köpinça soçdan oldin qurigandek tuyuladi, ammo ildizlar orasida namlik uzoqroq saqlanib qoladi. Aynan şu yaşirin namlik sovuq havoda asosiy xavf omillaridan biriga aylanadi.

Qanday asoratlar kuzatilişi mumkin?

Sovuq va namlik birgalikda organizm uçun ikki karra stress hisoblanadi. Nam soç sovuq havoda issiqlikni tez yöqotadi, natijada boş terisidagi qon tomirlari keskin torayib, qon aylanişi vaqtinça buzilişi mumkin. Bu holat boş oğriği, ensa va böyin sohasida oğriq, umumiy holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon böladi. Şamolli ob-havoda bu ta’sir yanada kuçayadi.

Köpçilik şamollaşni faqat tomoq yoki burun bilan boğlaydi. Aslida esa nam boş bilan sovuq havoga çiqiş quloq yalliğlanişi (otit), sinusit, burun bitişi va yuz sohasida oğriq paydo bölişiga olib kelişi mumkin.

Qişki sovuq soç va boş terisi holatiga ham salbiy ta’sir körsatadi. Nam soç sovuqda mörtlaşib, tez sinuvçan böladi, uçlari ajraladi. Boş terisi qurib, qiçişiş va keyepek kuçayişi mumkin. Bu jarayonlar uzoq davom etsa, soç tökilişi ham ortişi ehtimoldan xoli emas. Dermatologlar bunday holatlarni mavsumiy soç muammolarining asosiy omillaridan biri sifatida qayd etadi.

Soç quritgiç yordam beradimi?

Soç quritgiç (fen) işlatilganda soç töliq qurigandek tuyuladi. Ammo bu har doim ham boş terisida namlik qolmaganini anglatmaydi. Soçning töliq qurişi quritgiç qanday va qança vaqt işlatilgani, şuningdek, soç tolalarining turi hamda qalinligiga boğliq.

Agar soç quritgiç töğri qöllansa, ya’ni quritiş ildiz qismidan boşlanib, soç qatlamlarga ajratilgan holda iliq havo rejimida 5-20 daqiqa davom ettirilsa, soç bilan birga boş terisi ham töliq quriydi. Bunday holda namlik deyarli saqlanib qolmaydi va qişda köçaga çiqiş nisbatan xavfsiz böladi.