Prezident Administratsiyasi xodimi Asilbek Xudayarovga soğliqni saqlaş vaziri vazifasini bajarib turiş vazifasi yuklatildi.

Asilbek Xudayarov. Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Kun.uz manbasiga köra, bu haqdagi qaror Boş vazir Abdulla Aripov iştirokida «tanqidiy ruhda» ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilingan.

SSV matbuot xizmati bu özgariş yuzasidan rasman xabar berdi.

«Davlatimiz rahbarining tegişli farmoniga köra Soğliqni saqlaş vaziri vazifasini bajariş Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlaniş departamenti rahbarining birinçi örinbosari Asilbek Anvaroviç Xudayarov zimmasiga yuklatildi», deyiladi xabarida.

Asilbek Xudayarov prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlaniş departamenti rahbarining birinçi örinbosari lavozimini ham saqlab qoladi.

Asilbek Xudayarov muqaddam soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari bölgan. Keyingi yillarda prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot boş boşqarmasi rahbari sifatida işlagan, 2023 yil oktyabrida Özbekiston prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlaniş departamenti rahbari birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Soğliqni saqlaş vazirligini 2022 yil dekabridan buyon boşqarib kelgan Amrillo Inoyatovning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot yöq. U şu kunlarda mehnat ta’tiliga çiqqandi.

Amrillo Inoyatov. Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Ma’lumot uçun, soğliqni saqlaş vazirligida 2016 yildan buyon oltinçi bor rahbar özgarmoqda. Vazirlikni 2012 yildan boşqargan Anvar Alimov 2016 yil dekabrida işdan ketgan, uning örniga qaytarilgan Adham Ikromov (u 2009 yil aprelidan 2012 yil avgustiga qadar ham vazir bölgan) bir neça oy işlagan, 2017 yil fevralida Alişer Şodmonov vazirlikning yangi rahbariga aylangandi.