Suitsidlar masalasida 15 yildan buyon şuğullanib kelayotgan psixolog Şoira Isoqovaning aytişiça, erkaklar örtasida öz joniga qasd qiliş holatlari oilada bolalikdan berilayotgan tarbiyadagi notöğri yondaşuvlarga borib taqaladi. Çunki oilada bola tarbiyasi köp holatda onalar zimmasiga tuşadi, öğil bolaning kuçli şaxs sifatida oladigan fazilatlarini şakllantiriş uçun esa unga otaning e’tibori kerak.
“Bizda köpinça otalar köçaniki, ular köça işlarini bajarişi kerak degan tuşunçalar bor. Aynan öğil bola tarbiyasida otaning örni beqiyos. Uning har bitta sözi öğilning şaxs sifatida kamolotga yetişida juda katta rol öynaydi. Öğil tarbiyalayotgan onalar uning hayotida, döstlari davrasida bölayotgan muammolarda qutqaruvçi vazifasini bajaradi. Uning şu muammodan özi çiqib ketişiga yöl bermaydi. Bu esa oxir-oqibat öğil bolalarning jamiyatda öz örnini topa olmasligiga, irodasizlikka, öziga bölgan işonçning pasayişiga, hayotdagi qiyinçiliklar oldida özini yöqotib qöyişiga yoki mutlaqo öz yölini topa olmasligiga olib keladi.
Qizlar tarbiyasida esa boşqaça yondaşiladi. Ular begona xonadonga borişini hisobga olib, har tomonlama “qurollantirib” tarbiyalaymiz. Ammo öziga işonçi past, kuçsiz, irodasiz, mustaqil fikriga ega bölmagan bolalar ertaga jamiyatda turli muammolarga duç kelganda öz yölini topa olmay qoladi. Va mana şu jarayonda suitsidial tendensiyalar paydo böladi.
Biz öğil bolalarni kiçikligidan “Öğil bola yiğlamaydi” degan tuşunçalar bilan tarbiya qilamiz. Aslida öğil bola ham yiğlaşi, öz hissiyotlari, keçinmalari, muammolarini körsatişi mumkin. Buni içga yutiş – bosim ostida qoliş inson kamolotida ta’sir körsatadi deydi u.
Inson qaysi holatlarda suiqasd haqida öylaydi?
Şoira Isoqovaning sözlariga köra, ösmirlarda, notöliq oilalarda, ota-onasi uzoqqa ketgan, farzand tarbiyasi e’tibordan çetda qoldirilgan oilalarda, notinç – içkilikbozlik, muntazam janjallar sodir böladigan oilalarda suitsidal holatlar köproq bölişi mumkin.
Iqtisodiy qiyinçiliklar ham inobatga olinadi, lekin ba’zida iqtisodiy muammosi yöq oilada ham depressiyaga tuşgan erkak joniga qasd qilgan holatlar kuzatiladi.
“Kattalarda esa erkak 40 yoşda ham hayotda öz örnini topa olmagan, özini kerakli his qilmagan, muammolar girdobidan çiqa olmagan bölişi mumkin. Bu ongli harakatlar hisoblanadi. Demak, öşa jarayongaça bölgan sabablar mavjud. Bir kunda bu qarorga kelib, borib qasd qilmaydi. Har bir jarayonda yeçim qidiradi, izlaydi, öz örnini topişga harakat qiladi. Heç qayerdan yeçim topa olmagandan keyin şu qarorga keladi. Ungaça ança bosqiçlarni bosib ötgan böladi. Buni biliş mumkin bölgan gaplariga heç kim e’tibor qaratmagan böladi. “Jonimga tegdi”, “Hayot judayam qiyin”, “Yaşolmayapman, moslaşib ketolmayapman” degan gaplarni gapirgan böladi, ammo afsuski, yaqinlari köpinça bunga e’tibor bermaydi.
















