11 dekabr kuni Nyu-York – Toşkent reysida uçgan yölovçilardan birining bortda mast holatda janjal kötargani hamda xavfsizlik talablarini buzgani sabab samolyot Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga qönişga majbur bölgandi. 

IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlaş departamentining ma’lum qilişiça, öşa vaqtda havo kemasi 237 nafar yölovçi bilan reys yönalişi böyiça uçayotgan bölgan. Favqulodda holat sabab yönaliş özgargan va şuning oqibatida “Uzbekistan Airways” AJ 22 ming 244 dollar zarar körgan. 

Holat böyiça Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik), 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, yölovçi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Avvalroq Boeing 787 samolyotiga çiqqan bu yölovçi 1991 yilda Samarqand viloyatida tuğilgani va mast holatda ekipaj xodimlari, boşqa yölovçilarga qarşilik körsatib, samolyotdagilarning tinçini buzgani, soğliq uçun tahdid tuğdiradigan bezorilik harakatlarini qilgani haqida xabar qilingan, va uning Toşkentga olib kelinib, söroq qilinayotgani ma’lum bölgandi.