TasteAtlas portali dunyoning 100 ta eng yaxşi oşxonalari navbatdagi reytingini e’lon qildi.
U mijozlar tomonidan qoldirilgan 395 mingdan ortiq taomlar reytingi va 115 mingdan ortiq oziq-ovqat reytingi asosida tuzilgan.
Birinçi örinni Italiya milliy oşxonasi egalladi. Mijozlar uning pitssa, rizotto, talyatelle, pasta va ravioli kabi taomlariga yuqori baho berişgan.
Ikkinçi örinni suşi, ramen, saşimi, yakitori va moçi kabi taomlari bilan Yaponiya oşxonasi egalladi.
Uçinçi örinda giros, suvlaki, mussaka, yunonça salat va pastitsio kabi taomlari bilan Gretsiya qayd etildi.
Özbekiston oşxonasi reytingda 76-örinni egalladi. Mijozlar lağmon, palov, obi non va mantiga yuqori baho berişgan.
Rossiya oşxonasi reytingda 41-örinda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozoğiston 90-örinda, Qirğiziston 92-örinda qayd etilgan. Tojikiston va Turkmaniston reytingga kirmagan.












