Markaziy bank noyabr oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari böyiça malumotlarni e’lon qildi.
Unga köra, aholining inflatsiya böyiça yillik kutilmalari 0,1 foiz bandga pasayib, 13,6 foizni taşkil qilgan.
Aholi kelgusida narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
● valuta kursi özgarişi (58 foiz);
● yoqilği va energiya narxlarining qimmatlaşişi (43 foiz);
● iş haqi va nafaqalarning oşişi (38 foiz);
● kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (38 foiz).

Noyabr oyida valuta kursidagi özgarişlar va yoqilği hamda energiya narxidagi özgarişlarning narxlar oşişiga ta’sirini qayd etgan respondentlarining uluşi kamaygan bölsa, iş haqi va nafaqalar oşişini asosiy omil sifatida körsatganlar uluşi sezilarli köpaydi (24 foizdan 38 foizga).
Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari
Noyabr oyi yakunlari böyiça kelgusi 12 oy uçun narxlar ösişiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 13,1 foizni taşkil qilib, ötgan oyga nisbatan 1,3 foizga kamaygan.
Biznes vakillari narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
● valuta kursining özgarişi (61 foiz);
● yoqilği va energiya resurslarining qimmatlaşişi (40 foiz);
● kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (38 foiz);
● iş haqi va nafaqalarning oşişi (37 foiz).

Ötgan oyda biznes vakillari tomonidan valuta kursining özgarişi va xorijdan xomaşyo yetkazib berişdagi uzilişlarni kelgusida narxlarga oşiruvçi bosim körsatişi mumkin bölgan omillar sifatida belgilaş kamaygan bölsa, iş haqi va nafaqalar oşirilişini omil sifatida qayd etiş köpaygan.















