Toşkent viloyati Bekobod tumani hokimi Şuhrat Mirzayev jinoyat işida gumonlanmoqda. Kun.uz manbasiga köra, u korrupsiyaga qarşi kuraşiş tadbiri doirasida qölga olingan. Hokimga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga şu yil 7 avgustda tayinlangan edi. Ungaça Qişloqqurilişbank Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boşliği örinbosari bölib işlagan.

Oldinroq sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib tergov qilinayotgani va jinoyat işi doirasida ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingani xabar qilingandi.

Kun.uz manbasining qöşimça qilişiça, korrupsiyaga qarşi kuraşiş tadbirlari doirasida oxirgi bir oyda önga yaqin mansabdor tergovga jalb etilgan.

  • Bekobod tumani hokimi Şuhrat Mirzayev 1982 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma’lumoti – oliy. 2004 yil Toşkent moliya instituti, 2007 yil G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toşkent şahridagi filiali, 2009 yil prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyalarini tamomlagan.