Bugun, 7 avgust kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiya işida taşkiliy masala körildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev nutq sözladi.

Zoyir Mirzayev. Foto: Toşkent viloyati hokimligi

Viloyat hokimi Bekobod tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş masalalariga töxtaldi.

Xususan, tumandagi eng oğriqli muammo bu – toza içimlik suvi bilan boğliq ekani ta’kidlandi. Joriy yili tuman aholisini markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlaş borasidagi işlarga qariyb 3 milliard söm yönaltirilgan. Qamrov qisqa fursatlarda 37 foizdan 75 foizga özgarişi kutilmoqda.

«Bekobodda 10 mingdan ziyod yigit-qiz çet elda, mehnat migranti. Ularni qaytariş, iş taklif qiliş, prezidentning 373-sonli qarori böyiça yer beriş paysalga solinmoqda. Bu boradagi işlarni qat’iy nazorat qiliş zarur. Bugun 85 gektar auksionga qöyilgan. Lekin sotilmayapti. Sababi, suvsiz, qarovsiz yer sotuvga qöyilgan», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Tuman hokimi ötgan olti oyda atigi 6 marta sayyor qabul ötkazgani, unda 47 nafar fuqaro bilan gaplaşgani, natijada, viloyat, respublika idora va taşkilotlariga tuman aholisidan yuborilgan murojaatlar ikki karra ortgani tanqid qilingan. Tumanda kadrlar qönimsizligi ham muammoga aylangan.

Tumanda yangi iş örinlarini yaratiş, investitsiya masalariga yetarliça e’tibor qaratmagani uçun Bekobod tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Furqat Xudoyberdiyev lavozimidan ozod qilingani ma’lum qilindi. Zoyir Mirzayev tomonidan tuman hokimi lavozimiga Şuhrat Şahobutdinoviç Mirzayev nomzodi tavsiya qilindi va nomzod deputatlar tomonidan ma’qullanib, u tuman hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.

Şuhrat Mirzayev. Foto: Toşkent viloyati hokimligi

Şuhrat Mirzayev 1982 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma’lumoti – oliy.

2004 yil Toşkent moliya instituti, 2007 yil G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toşkent şahridagi filiali, 2009 yil prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyalarini tamomlagan.