Moldova Respublikasi harbiylari Rossiya qöşinlari nazorati ostidagi tan olinmagan Dnestrböyi yaqinida manyovrlar boşladi. Mamlakat Mudofaa vazirligi maşğulotlar rejasini 16 dekabr kuni ma’lum qildi. «17-22 dekabr kunlari 22-tinçlikparvar bataloni harbiy xizmatçilari Bulboaka öquv markazida maşğulotlarni ötkazadi. Şu munosabat bilan uşbu davrda harbiy texnikalar yöllar böylab harakatlanadi», - deyiladi Mudofaa vazirligining Facebook sahifasida.
OAV xabarlariga köra, ötgan hafta YeI Moldova milliy armiyasiga tibbiy va himoya vositalari, yerusti transport vositalari, mina detektorlari, dronlar va elektr generatorlarini topşirdi. Kreml avvalroq mamlakat ğarbparast rahbariyatini Rossiya Federatsiyasi iştirokida ajralib çiqqan Dnestrböyini kuç bilan qaytarib olişga urinişlardan tiyiliş haqida ogohlantirgan edi.
YeI va NATOga a’zo bölgan Ruminiya bilan qöşni hududda joylaşgan Moldova hukumati Ukrainadagi uruş tufayli Moskvadan tahdidlarni körmoqda, deb ta’kidlaydi dpa agentligi. Unga köra, rossiyalik jangçilarning mamlakatga kirib kelişi oldini oliş maqsadida poytaxt Kişinyov xalqaro aeroportida qattiq xavfsizlik çoralari joriy etilgan.
Mamlakat mudofaa xarajatlarini oşirdi
15 dekabr kuni Moldova parlamenti ön ikki yil içida birinçi marta mudofaa xarajatlarini oşirişni nazarda tutuvçi milliy xavfsizlik strategiyasini qabul qildi. Prezident Mayya Sandu şanba kuni bu strategiya mamlakat xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlaş yölidagi muhim qadam ekanini aytdi.
«Bugun biz milliy xavfsizlikka ikkita asosiy tahdid bilan kuraşmoqdamiz: Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizga qarşi siyosati va Moldovada çuqur ildiz otgan korrupsiya», - dedi u. Bundan taşqari, respublika rahbari ta’kidlaşiça, uşbu strategiya mamlakatning Yevropa integratsiyasi jarayoniga ham yordam beradi.
14-15 dekabr kunlari bölib ötgan YeI sammitida YeIga a’zo davlatlar rahbarlari Moldova va Ukraina bilan ularning YeIga kirişi masalasi böyiça muzokaralarni boşlaşga qaror qildi.








