Özbekiston Oliy sudi mamlakatning sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olinganini tasdiqladi.
Mahkama matbuot xizmatiga köra, jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudida boş prokuror örinbosarining Aziz Voitovga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagi iltimosnomasi körib çiqilgan.
Sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 205-moddasi 2-qismi “a” bandida (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş oqibatida juda köp miqdorda zarar yetkaziş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
U Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (uşlab turiş asoslari) tartibida uşlangan.
Yaşnobod tuman sudi 2023 yil 14 dekabrdagi ajrimi bilan boş prokuror örinbosarining iltimosnomasini qanoatlantirgan va gumon qilinuvçi Aziz Voitovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, tergov hibsxonasiga joylaştirilişi belgilangan.
- 43 yoşli Aziz Voitov 2022 yil avgustidan 2023 yil oktyabrigaça Qişloq xöjaligi vazirligini boşqargan edi.
- Kun.uz manbasiga köra, sönggi bir oyda korrupsiyaga qarşi kuraşiş tadbirlari doirasida önga yaqin mansabdor şaxs qölga olingan. Xususan, Bekobod tumani hokimi Şuhrat Mirzayev budjet mablağlarini özlaştirganlikda, Namangan viloyati hokimi örinbosari Saidahmad Sultonov esa yerlarni noqonuniy sotiş bilan boğliq jinoyat işda gumonlanib qölga olingan.












