2023 yilning yanvar-noyabr oylarida Özbekiston Respublikasining taşqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQŞ dollariga yetgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, taşqi savdo aylanmasi hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan soliştirilganda 26,2 foizga oşgan.

Eksport – 23,2 mlrd (30,6 foizga oşgan), import – 34,1 mlrd (23,3 foizga oşgan).

Özbekiston 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida jahonning 199 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oşirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,3 foiz), Rossiya (15,5 foiz), Qozoğiston (7 foiz), Turkiya (5 foiz) va Koreya Respublikasi (3,7 foiz) bilan qayd etilgan.