Özbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sub’yektlariga Soliq kodeksining 227-1-moddasiga asosan qöllanilgan jarimalarni hisobdan çiqariş töğrisidagi prezident qarori loyihasini işlab çiqdi.
Bu haqda 18 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi va Soliq qömitasi rahbarlari hamda tadbirkorlar iştirokida ötgan uçraşuvda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Soliq qömitasi raisi örinbosari Olimjon Fayziboyevning aytişiça, qömita SSP tomonidan kiritilayotgan taklifni qöllab-quvvatlagan. Hisobdan çiqarilişi nazarda tutilayotgan jarimalarning umumiy summasi 400 mlrd sömdan oşadi.
Prezident qarori loyihasi bilan birga, Soliq kodeksining 227-1-moddasiga özgartiş kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi ham tayyorlanmoqda. Unga asosan uşbu moddadagi jarima miqdorini korxona sof tuşumining 100 foizidan 20 foizga tuşiriş közda tutilgan.
Şuningdek, bu moddada körsatilgan huquqbuzarliklarni alohida klassifikatsiya qiliş, huquqbuzarlikning oğirlik darajasidan kelib çiqib sanksiya qöllaş masalalari ham örganib çiqilişi ma’lum qilindi.
Hozirda 227-1-moddaga asosan quyidagilarga oid qoidalarni buziş holatlari jarimaga tortilmoqda:
- fiskal belgilarni aks ettiriş yoxud avtomatlaştirilgan hisobga oliş ölçov vositalari bilan jihozlaş yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinişini ta’minlaş;
- alkogol va tamaki mahsulotlari, pivo, dori vositalari, tibbiy buyumlar, maişiy texnika (2024 yil 1 martdan boşlab gazlangan va gazlanmagan suv, şarbatlar) işlab çiqaruvçilar, import qiluvçilar va sotuvçilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalaş qoidalarini buziş.
Belgilangan jarima – realizatsiya qilingan oxirgi hisobot çoragida olingan sof foyda miqdoriga teng.
Sönggi oylarda tadbirkorlarni uşbu modda asosida jarimaga tortiş holatlari keskin köpaygan. Jarima miqdorining yuqoriligi esa tadbirkorlar e’tiroziga sabab bölmoqda. Şunga köra, 12 dekabr kuni Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşi mazkur jarimani kamaytirişni sörab davlat rahbari va hukumatga murojaat qilişga qaror qilgan edi.














